Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (819-son)
12.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3199-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash, tahlillar oʻtkazish va boshqa xizmatlar koʻrsatish uchun asillik darajasi toʻlovi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, asillik darajasi toʻlovidan kelib tushadigan mablagʻlarning ellik foizi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ixtiyoriga oʻtkaziladi va ulardan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maqsadli foydalaniladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-oktabr,
819-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga 1-ILOVA
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi oʻrinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash (qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tekshirish va tamgʻalash, tahlillar oʻtkazish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish) uchun asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Asillik darajasi toʻlovi qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmagan holda undiriladi.
3. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari-rezidentlari va norezidentlaridan asillik darajasi toʻlovi undiriladi.
Asillik darajasi toʻlovini hisoblashda bazaviy hisoblash miqdorining foizlari kamaytirilish tarafiga butun son koʻrinishiga kelgunga qadar yaxlitlangan holda soʻmga oʻgiriladi.
4. Asillik darajasi toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklari orqali Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
5. Hisobot davrida Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga tushgan mablagʻlar uch bank kuni davomida quyidagi tartibda taqsimlanishi kerak:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
50 foizi — Asillik darajasini belgilash palatasining moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida palata ixtiyorida qoldiriladi.
2-bob. Asillik darajasi toʻlovini undirish tartibi
6. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash ishlari toʻrt sutka mobaynida amalga oshiriladi.
7. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash bilan bogʻliq ishlarni tezkor bajarganlik uchun asillik darajasi toʻlovi quyidagi nisbatlarda koʻpayadi:
bir sutka mobaynida — uch baravar;
ikki sutka mobaynida — ikki baravar;
uch sutka mobaynida — bir yarim baravar.
Asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash uchun qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar katta miqdorda kelib tushgan taqdirda, topshiruvchi bilan kelishilgan holda ushbu bandda koʻrsatilgandan boshqa muddat belgilanishi mumkin.
Ushbu bandda belgilangan ishlarni bajarish muddatlari dam olish va bayram kunlarini oʻz ichiga olmaydi.
8. Asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash ishlarini bajarish uchun nomaʼlum metalldan yasalgan buyumlarni qabul qilishda asillik darajasi toʻlovi xar bir buyum uchun quyidagi tartibda undiriladi:
sariq rangli metalldan yasalgan boʻlsa — oltin buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
oq rangli metalldan yasalgan boʻlsa — kumush buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
kulrang metalldan yasalgan boʻlsa — platina buyumlar uchun belgilangan miqdorda.
9. Qimmatbaho metallarning tarkibini aniqlash jarayonida tahlil uchun olingan parallel namunalar tasdiqlangan asillik darajasi toʻloviga muvofiq bitta tahlil sifatida inobatga olinadi va toʻlanadi.
10. Asillik darajasini belgilash palatasi xodimlari tomonidan tanlab olingan materiallarning nazorat namunalarini tekshirganlik uchun toʻlov yuridik shaxslar tomonidan shartnoma asosida toʻlanadi.
11. Oʻlchovlar oʻxshashligiga erishish, turli laboratoriyalarda (tashqi nazorat) bajarilgan tahlillar natijalaridagi doimiy tafovutlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida namunalarning kimyoviy tahlillari natijalarining aniqlik koʻrsatkichlarini boshqa tashkilot laboratoriyasida tekshirish boʻyicha tahlil oʻtkazilganligi uchun asillik darajasi toʻlovlari tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi toʻlovining ikki baravari miqdorida toʻlanadi.
12. Aynan bitta namunaning kimyoviy tahlil natijalari boʻyicha laboratoriyalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish maqsadida kimyoviy tahlillar natijalarining aniqlik koʻrsatkichlarini mustaqil laboratoriyada tekshirishlar (arbitraj nazorati) oʻtkazilganligi uchun asllik darajasi toʻlovlari tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi toʻlovining uch baravari miqdorida toʻlanadi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Asillik darajasini belgilash palatasining tarkibiy tuzilmalari uchun oʻtkaziladigan tahlil va ekspertizalar toʻlovsiz amalga oshiriladi.
14. Asillik darajasi toʻlovining toʻliq va toʻgʻri undirilganligi uchun javobgarlik Asillik darajasini belgilash palatasiga yuklanadi.
15. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasi toʻlovini undirishdan tushadigan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻgʻri ajratilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
16. Asillik darajasi toʻlovi nazarda tutilmagan boshqa yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlar uchun toʻlov shartnoma asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Asillik darajasi toʻlovini undirish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga 2-ILOVA
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash, tahlillar oʻtkazish va boshqa xizmatlar uchun asillik darajasi toʻlovi
miqdorlari
T/rIshlarning nomiOʻlchov birligiAsillik darajasi toʻlovi miqdori, bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizlardaAsillik darajasini belgilash va tamgʻalash uchun toʻlov(asillik darajasini belgilash uchun toʻlov asillik darajasi toʻlov miqdorining 80, tamgʻalash uchun 20 foizni tashkil qiladi)1.1.Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):oltindona2,76kumushdona0,59platina, palladiydona2,671.2.Chet elda ishlab chiqarilgan va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):oltindona6,43kumushdona1,83platina, palladiydona6,431.3.Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi va sobiq Ittifoq ramzi tushirilgan asillik darajasi tamgʻa izlarini qayta tamgʻalash uchun jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):oltindona2,94kumushdona0,66platina, palladiydona2,941.4.Qimmatbaho metalldan yasalgan soat korpuslari (shu jumladan ajralmaydigan brasleti bilan):oltindona11,95kumushdona2,94platina, palladiydona13,601.5.Zargarlik va boshqa buyumlarning tarkibida elementlar* soni 5 tadan oshsa, asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash narxi ikki baravar oshadi.II. Muzeylar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlash uchun toʻlov2.1.1 — 5 element mavjud boʻlgan buyumlarda:oltin, platina va palladiydona1,32kumushdona0,332.2.Buyumlarning asillik darajasini tekshirish narxi buyum tarkibida:6 tadan 15 tagacha element* boʻlganda — 2 baravar;16 tadan 50 tagacha element* boʻlganda — 3 baravar;51 tadan 100 tagacha element* boʻlganda — 4 baravar;100 tadan ortiq element* boʻlganda — 5 baravar koʻpayadi.* Element — zargarlik va boshqa mahsulotlarning tarkibiy qismiIII. Texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov3.1.Quyidagilarni:Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalari izlarining haqiqiyligini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi qalbakiligini, shuningdek, buyumlarda har xil tamgʻa izlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash.dona5,403.2.Asillik darajasini aniqlash:oltinning 750, kumushning 925, platinaning 900 va palladiyning 850 asillik darajalaridan yuqori boʻlganlari spektrometrda rentgen-fluoressentli usul bilan;dona18,20metall turidan qatʼiy nazar, yuqorida koʻrsatilgan asillik darajalaridan past boʻlganlari namuna toshida tekshirish usuli bilan:dona2,23.3.Qirralangan karat ogʻirligidagi olmoslarning (brilliantlar) xususiyatlarini aniqlash (nomlanishi, ogʻirligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):0,29 gacha1 tosh uchun11,510,30 dan 0,99 gacha1 tosh uchun23,021,00 dan 2,99 gacha1 tosh uchun57,553,00 dan 5,99 gacha1 tosh uchun80,576,00 va yuqori1 tosh uchun109,343.4.Qirralangan karat ogʻirligidagi zumrad, yoqut, sapfir va aleksandritlarning xususiyatlarini aniqlash, (nomlanishi, ogʻirligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):0,29 gacha1 tosh uchun5,750,30 dan 0,99 gacha1 tosh uchun17,261,00 dan 2,99 gacha1 tosh uchun34,533,00 dan 5,99 gacha1 tosh uchun63,306,00 va yuqori1 tosh uchun86,323.5.Qirralangan va qirralanmagan toshlarning nomlanishini aniqlash (qimmatbaho toshlardan tashqari)har bir nom uchun0,813.6.Qirralanmagan qimmatbaho va boshqa toshlarning nomlanishi va ogʻirligini aniqlashhar bir nom uchun3,743.7.yarim tayyor, tayyor, tugallanmagan, foydalanishda boʻlgan, shikastlangan va/yoki shikast yetkazuvchi zargarlik buyumlarini vizual aniqlash uchun: 200 gachagramm50,0 201 dan 500 gachagramm100,0 501 dan 1 000 gachagramm200,0 1 001 dan 5 000 gachagramm500,0 5 001 dan 10 000 gachagramm1 000,0 10 001 dan yuqorigramm3 000,0IV. Tahlil oʻtkazilganlik uchun toʻlov4.1.Zargarlik, yasama tish qotishmalari va boshqa qotishmalarda:kupelyatsiya usuli bilan oltinni aniqlash (cheki bilan)1 tekshiruv58,82kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)1 tekshiruv32,99atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash1 tekshiruv103,124.2.4.2. Elektrolitlar, yaxob suv va eritmalarda (suyuq oltinda):oltinni aniqlash (soʻnggi kupelyatsiya usuli bilan)1 tekshiruv58,82kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)1 tekshiruv32,99atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash1 tekshiruv103,124.3.Qoplamalar, zargarlik kretslari, shliflar va shlamlarda:oltinni aniqlash (soʻnggi kupelyatsiya usuli bilan)1 tekshiruv58,82kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)1 tekshiruv32,994.4.Yorugʻlikni sezadigan turli kino-foto-rentgen materiallar va fiksaj eritmalarda:kumushni aniqlash (titrlash usuli bilan)1 tekshiruv32,994.5.Rudalar, jinslar, konsentrantlarni eritish usuli bilan asillik darajasini tekshirish:oltin va kumushning asillik darajasini tekshirish1 tekshiruv73,80oltin va kumushning asillik darajasini kvartlab tekshirish1 tekshiruv88,60platina guruhiga kiruvchi metallarning asillik darajasini jamlash1 tekshiruv57,534.6.Atom-emissiya spektometrida 1 — 8 element boʻyicha miqdoriy tekshirish1 tekshiruv103,124.7.Namunadagi namlikni aniqlash1 tekshiruv13,334.8.Namunalarda qizdirish paytidagi yoʻqotishlarni aniqlash1 tekshiruv13,334.9.Katalizatorlarda platinani spektrofotometrik aniqlash1 tekshiruv88,694.10.Rentgen-fluoressent spektrometrda zargarlik sanoati buyumlari, qotishmalari va parchalarini miqdoriy tekshirish1 tekshiruv18,204.11.Rentgen mikroanalizatorda bir nuqtada namunaning (metall, qotishma, buyumning) kimyoviy tarkibini tekshirish1 tekshiruv84,094.12.ICP-mass-spektrometrda namunadagi kimyoviy elementlar tarkibini miqdoriy tekshirish1 tekshiruv258,80V. Turli ishlarni amalga oshirish5.1.Probir reaktivlarni tayyorlash (ularni tayyorlashda ishlatiladigan qimmatbaho metallarni hisobga olmasdan):kislotali, tuzli (oltin uchun)1 millilitr0,28xrompik (kumush uchun)1 millilitr0,28Azot-kislotali kumush (kumush uchun)1 millilitr0,28
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirish
Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Olib qoʻyilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan materiallar vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻa izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (keyingi oʻrinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) texnik ekspertizadan oʻtkazishga yuboriladi. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan oʻtkazilgan texnik ekspertiza uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda asillik darajasi toʻlovi undiriladi. Zarur hollarda, Asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan tamgʻa bosilishi lozim boʻlgan zargarlik va boshqa buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan oʻn kun muddatda asillik darajasi toʻlovi undirmasdan tamgʻalaydi”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Asillik darajasi toʻlovi va asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 2003-yil 27-maydagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 42-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 3-modda) ilovadagi 5-band.
4. Vazirlar Mahkamasining “Olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan boyliklardan samarali foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 5-iyundagi 156-qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda) 1-ilovadagi 5-bandning b) kichik bandi.
