Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (317-son)
06.07.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 25-maydagi PF-3434-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi 33-f-son farmoyishi;
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-maydagi 162-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-iyul,
317-son
