Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (309-son)
02.07.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-yil 1-avgustdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2004-yil 1-iyuldagi PF-3450-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Boshlangʻich razryadning eng kam oylik ish haqining belgilangan tarif stavkasi mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-son qarori 2004-yil 1-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-iyul,
309-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qaroriga ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 300-modda; 2005-y., 43-44-son, 330-modda)
