Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida davlat aktivlarini sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-3297-son)
29.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish, samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarini xususiylashtirish, xususiy tibbiy xizmatlar sektorini kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibida, xususiy tibbiy xizmatlar ulushini yanada koʻpaytirish uchun tadbirkorlik subyektlariga sotish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida, ularning faoliyat turini 10 yil mobaynida saqlab qolish sharti bilan savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, savdo shartlariga koʻra qatnashchilarning takliflari bir xil boʻlgan hollarda xususiylashtirish jarayonida davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida sotilayotgan davlat tibbiyot tashkiloti mehnat jamoasining aʼzosi boʻlgan savdo qatnashchisiga afzallik beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini baholash, savdoga qoʻyish va tadbirkorlik subyektlariga sotish reja-jadvali tasdiqlanishini taʼminlasin;
keyinchalik ularning negizida zamonaviy tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy tibbiyot tashkilotlarini barpo etib, ulardagi ish joylarini saqlab qolgan holda davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini sotish shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot tashkilotlarining tuzilmasini yanada optimallashtirish va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 37-son, 429-modda) 4-ilovasining 11 — 13, 23 — 33, 43, 45 — 55, 61, 73 — 78, 81, 82, 88, 94, 100, 104, 106, 119, 120, 122, 124, 125, 131, 138, 139-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
PQ-3297-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3297-son qaroriga ILOVA
Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida, ularning faoliyat turini 10 yil mobaynida saqlab qolish sharti bilan savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r Davlat tibbiyot tashkilotlarining nomi Joylashgan joyi(pochta manzili) Yuqori turuvchi tashkilot Andijon viloyati 1. Viloyat tibbiy diagnostika markazi Andijon shahri, Hamza-Hakimzoda koʻchasi, 114-uy Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 2. Viloyat stomatologik poliklinikasi Andijon shahri, Boburshoh koʻchasi, 87-uy Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 3. Asaka reabilitatsiya shifoxonasi Andijon shahri, J. Manguberdi koʻchasi, 89-uy Asaka tumani tibbiyot birlashmasi Buxoro viloyati 4. Peshku tumani stomatologiya poliklinikasi Tinchlik koʻchasi, 1-uy Peshku tumani tibbiyot birlashmasi 5. Romitan tumani stomatologiya poliklinikasi Romitan shahri, Bobo Samosiy koʻchasi, 137-uy Romitan tumani tibbiyot birlashmasi 6. Qorakoʻl tumani stomatologiya poliklinikasi Ulugʻbek koʻchasi Qorakoʻl tumani tibbiyot birlashmasi 7. Kogon shahar stomatologiya poliklinikasi Vatanparvar koʻchasi, 2-uy Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 8. Olot tumani stomatologiya poliklinikasi Usmon Shayx mahallasi, 78-uy Olot tumani tibbiyot birlashmasi 9. Buxoro tumani stomatologiya poliklinikasi Gala-Osiyo shahri, A. Fitrat koʻchasi, 17-uy Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi 10. Vobkent tumani stomatologiya poliklinikasi Shifokor MFY, Tadbirkor koʻchasi, 50A-uy Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi 11. Gʻijduvon tumani stomatologiya poliklinikasi Sharq koʻchasi, 50-uy Gʻijduvon tumani tibbiyot birlashmasi 12. Jondor tumani stomatologiya poliklinikasi M. Tarobiy koʻchasi, 53-uy Jondor tumani tibbiyot birlashmasi 13. Kogon tumani stomatologiya poliklinikasi Yangi-Hayot shaharchasi, Niyoz-Hoji QFY Kogon tumani tibbiyot birlashmasi 14. Shofirkon tumani stomatologiya poliklinikasi* Navroʻz koʻchasi, 117-uy Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Qashqadaryo viloyati 15. Viloyat tibbiy diagnostika markazi Qarshi shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 85-uy Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 16. Viloyat fizioterapevtika shifoxonasi Qamashi tumani, Qiziltepa shaharchasi Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 17. Viloyat 2-son oftalmologiya shifoxonasi Shahrisabz tumani, Katta Novqat qishlogʻi Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 18. Shahrisabz tumani 1-son stomatologiya poliklinikasi Ipak yoʻli koʻchasi, 100-uy Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi 19. Shahrisabz tumani 2-son stomatologiya poliklinikasi Chorshanba shaharchasi Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi 20. Kasbi tumani stomatologiya poliklinikasi* Mustaqillik koʻchasi, “Mugʻlon” QFY Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi 21. Kitob tumani stomatologiya poliklinikasi Kitob shahri, General Joʻrabek koʻchasi, 1-uy Kitob tumani tibbiyot birlashmasi 22. Qamashi tumani stomatologiya poliklinikasi Navoiy MFY, Charogʻon koʻchasi, 47-uy Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi 23. Chiroqchi tumani tumani stomatologiya poliklinikasi Mustaqillik koʻchasi, 66-uy Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi 24. Qarshi tumani stomatologiya poliklinikasi Beshkent shahri, Mustaqillik koʻchasi, 8-uy Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi 25. Koson tumani stomatologiya poliklinikasi* “Obron” qishlogʻi Koson tumani tibbiyot birlashmasi 26. Yakkabogʻ tumani stomatologiya poliklinikasi Yakkabogʻ shahri, Choʻmich mahallasi, 8-uy Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasi Namangan viloyati 27. Viloyat tibbiy diagnostika markazi Namangan shahri, Goʻzal mavzesi, 2D-uy Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Samarqand viloyati 28. Samarqand shahar dezinfeksiya stansiyasi Soʻzangaron koʻchasi, 2-berk koʻcha, 8-uy Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 29. Kattaqoʻrgʻon shahar stomatologiya poliklinikasi Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 1-uy Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasi 30. Urgut tumani stomatologiya poliklinikasi Gʻalaba koʻchasi, 1-uy Urgut tumani tibbiyot birlashmasi 31. Jomboy tumani stomatologiya poliklinikasi Sh. Burxonov koʻchasi, 21-uy Jomboy tumani tibbiyot birlashmasi 32. Ishtixon tumani stomatologiya poliklinikasi A. Navoiy koʻchasi, 69-uy Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi 33. Payariq tumani stomatologiya poliklinikasi* O. Quvvatov koʻchasi, 3-uy Payariq tumani tibbiyot birlashmasi 34. Pastdargʻom tumani stomatologiya poliklinikasi Juma shahri, A. Navoiy koʻchasi Pastdargʻom tumani tibbiyot birlashmasi 35. Paxtachi tumani stomatologiya poliklinikasi Ziyoviddin shaharchasi, A. Temur koʻchasi, 1-uy Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasi Surxondaryo viloyati 36. “Vandob” fizioterapevtika shifoxonasi Sherobod tumani, “Qoʻhitang” MFY, “Vandob” qishlogʻi Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Sirdaryo viloyati 37. Viloyat tibbiy diagnostika markazi Guliston shahri,I.Karimov koʻchasi, 12A-uy Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Toshkent viloyati 38. Angren shahri “Nurobod” shifoxonasi Angren shahri, Nurobod shaharchasi Angren shahar tibbiyot birlashmasi 39. Ohangaron tumani stomatologiya poliklinikasi Kichiknohiya, 20-uy Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasi 40. Bekobod shahar tibbiy diagnostika markazi 80-kvartal, 15-uy Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi Fargʻona viloyati 41. Quva tumani “Begat” shifoxonasi Namuna QFY, K. Roʻziyev koʻchasi Quva tumani tibbiyot birlashmasi 42. Fargʻona shahar dezinfeksiya stansiyasi Tegirmon koʻchasi, 189A-uy Fargʻona shahar DSENM 43. Quvasoy shahar stomatologiya poliklinikasi A.Asqarov koʻchasi, 7-uy Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasi 44. Qoʻqon shahar tibbiy diagnostika markazi Turkiston koʻchasi, 4-uy Qoʻqon shahar tibbiyot bi?lashmasi 45. Qoʻqon shahar stomatologiya poliklinikasi Turkiston koʻchasi, 62-uy Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi Xorazm viloyati 46. Viloyat ryeabilitatsiya markazi Urganch shahri, Al-Beruniy koʻchasi, 13B-uy Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Toshkent shahri 47. Olmazor tumani 2-son stomatologiya poliklinikasi Qora-Qamish 2/4, Kalanov koʻchasi, 1-uy Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi 48. Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasi Karimov koʻchasi, 57-uy Toshkent shahar Sogʻliqni saqlashbosh boshqarmasi
* Ijara shartnomasi asosida binolarda joylashgan davlat tibbiyot tashkilotlari.
Izoh.
Davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlari ular negizida zamonaviy tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish sharti bilan xususiylashtirish tartibida sotiladi.
Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli yangi mulkdor tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
Balans saqlovchilar obyektlarni belgilangan tartibda yangi mulkdorga topshirgunga qadar ularning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
