Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzavtoyoʻlbelgi” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (784-son)
02.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-son qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-son qaroriga muvofiq “Oʻzavtoyoʻlbelgi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUK) tashkil etilgan boʻlib, uning taʼsischisi Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hisoblanadi.
2. Quyidagilar “Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
avtomobil yoʻllarini harakatni tartibga solishning texnik vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish;
yoʻl yotiq chiziqlarini yotqizish uchun materiallar ishlab chiqarish, avtomobil yoʻllarida uzoq muddatga chidamli yoʻl yotiq chiziqlarini yotqizish va ularni uzoq xizmat muddatini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish.
3. Quyidagilar:
“Oʻzavtoyoʻlbelgi” davlat unitar korxonasi boshqaruv apparatining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
*1-ilova rus tilidagi mantda berilgan.
Oʻrnatilgan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularni yuqori intensiv qoplamali zamonaviy yoʻl belgilariga bosqichma-bosqich almashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining soʻm va valyuta mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, maxsus texnika, uzoq muddat foydalanishni taʼminlaydigan barqaror yoʻl chiziqlarini chizish vositalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Oʻrnatilgan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Respublika ishchi guruhi:
bir hafta muddatda hokim oʻrinbosarlari boshchiligida hududiy (viloyat, tuman, shahar) ishchi guruhlar oʻz tarkibiga manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlarini, shuningdek, haydovchilar assotsiatsiyasi vakillarini jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida oʻrnatilgan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni tashkil etsin;
2018-yil 1-yanvarga qadar shahar koʻchalari va avtomobil yoʻllarining pasportiga muvofiq yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalari inventarizatsiyadan oʻtkazilishini yakunlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
“Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUKning ustavini tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
“Avtomagistral” ixtisoslashtirilgan yoʻl taʼmirlash-qurilish uyushmasi” unitar korxonasiga qarashli Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Bardankoʻl qishlogʻida joylashgan umumiy maydoni 556,88 kv m boʻlgan yoʻl belgilarini taʼmirlash ustaxonasi operativ boshqaruv huquqi bilan “Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUKga oʻtkazib berilishini taʼminlasin;
foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, shahar koʻchalarini va boshqa aholi punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash tashkilotlari uchun “Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUK tomonidan zarur yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalari uzluksiz ishlab chiqarilishini tashkil etsin.
6. Belgilansinki, yoʻl belgilarini taʼmirlash sexini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, shuningdek, “Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUKning yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha uskunalarini sotib olish, montaj qilish va oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari, shu jumladan valyuta mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-oktabr,
784-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi 784-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻrnatilgan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularni yuqori intensiv qoplamali zamonaviy yoʻl belgilariga bosqichma-bosqich almashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi 784-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining soʻm va valyuta mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, maxsus texnika, uzoq muddat foydalanishni taʼminlaydigan barqaror yoʻl chiziqlarini chizish vositalari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi 784-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻrnatilgan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika ishchi guruhi
TARKIBI
