Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari tumanlari va shaharlari chegaralarining oʻzgartirilishi hamda ayrim shaharlarning viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan tumanlararo, tuman va shahar sudlarini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-5195-son)
28.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari tumanlari va shaharlari chegaralarining oʻzgartirilishi hamda ayrim shaharlarning viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasi asosan:
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) shahar sudlari hamda Toshkent (Toshkent viloyati) tuman sudi tashkil etilsin;
Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) shahar maʼmuriy sudlari va Toshkent (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudlari tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
Xiva shahrini (Xorazm viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudi va Bogʻot tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Shahrisabz shahrini (Qashqadaryo viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudi va Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Ohangaron shahrini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudi va Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Nurafshon shahrini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumanlararo sudi va Oʻrtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Yangiyoʻl shahri va Toshkent tumanini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudi va Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Moliya vazirligining:
yangi tuzilayotgan Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudlarni toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha 16 ta shtat birligi, shu jumladan 5 ta sudyalik shtat birligi ajratish;
jinoyat ishlari boʻyicha Xiva (Xorazm viloyati) tuman sudidan 1 ta, Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati) tuman sudidan 1 ta, Ohangaron tuman sudidan 1 ta, Oʻrtachirchiq tuman sudidan 1 ta, Yangiyoʻl tuman sudidan 2 ta va Zangiota (Toshkent viloyati) tuman sudidan 2 ta sudyani tegishli ravishda jinoyat ishlari boʻyicha Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) shahar sudlari hamda Toshkent (Toshkent viloyati) tuman sudiga hamda Zangiota (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudidan 1 ta sudyani Toshkent (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudiga oʻtkazilishi orqali tuman sudlaridagi 9 ta sudya lavozimlarining soni qayta taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi K.F.Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-sentabr,
PF-5195-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5195-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan
qoʻshimcha va oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasida:
a) “Tuman (shahar) sudi nomi” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Qarshi shahar” soʻzlaridan keyin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Bekobod shahar” soʻzlaridan keyin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Olmaliq shahar” soʻzlaridan keyin “Ohangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Chirchiq shahar” soʻzlaridan keyin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Pskent” soʻzidan keyin “Toshkent” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Urganch shahar” soʻzlaridan keyin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) “Tuman, shaharlar nomi” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Qarshi shahar” soʻzlaridan keyin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Bekobod shahar” soʻzlaridan keyin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Olmaliq shahar” soʻzlaridan keyin “Ohangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Chirchiq shahar” soʻzlaridan keyin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Pskent” soʻzidan keyin “Toshkent” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Urganch shahar” soʻzlaridan keyin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, tumanlararo, shahar sudlarining (yurisdiksiya hududi) tuzilmasida:
“Xizmat koʻrsatuvchi tumanlar, shaharlar” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Kitob tumani” soʻzlaridan oldin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Angren shahri” soʻzlaridan keyin “Oxangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan oldin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan keyin “Toshkent tumani” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Boʻka tumani” soʻzlaridan oldin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Bogʻot tumani” soʻzlaridan oldin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-sonli Farmonida:
9-bandda:
beshinchi xatboshida “408” va “204” raqamlari tegishli ravishda “418” va “209” raqamlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshida “898” raqami “904” raqami bilan almashtirilsin;
12-bandning oltinchi xatboshisida “shuningdek tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining namunaviy tuzilmalari 9 — 10-ilovalarga muvofiq” soʻzlari “tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining, shuningdek maʼmuriy sudlarning tuman (shahar) yurisdiksiya hududlari namunaviy tuzilmalari 9 — 101-ilovalarga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovada “Sudya yordamchisi” soʻzlari “Sudyaning katta yordamchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-ilovada “408” va “204” raqamlari tegishli ravishda “418” va “209” raqamlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 101-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 101-ILOVA
Tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining yurisdiksiya
HUDUDLARI
Tuman (shahar) sudlari nomi Tumanlar (shaharlar) nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar maʼmuriy sudi Nukus shahar Amudaryo tuman maʼmuriy sudi Amudaryo tumani Beruniy tuman maʼmuriy sudi Beruniy Qonlikoʻl tuman maʼmuriy sudi Qonlikoʻl Qoraoʻzak tuman maʼmuriy sudi Qoraoʻzak Kegeyli tuman maʼmuriy sudi Kegeyli Qoʻngʻirot tuman maʼmuriy sudi Qoʻngʻirot Moʻynoq tuman maʼmuriy sudi Moʻynoq Nukus tuman maʼmuriy sudi Nukus Taxtakoʻpir tuman maʼmuriy sudi Taxtakoʻpir Toʻrtkoʻl tuman maʼmuriy sudi Toʻrtkoʻl Xoʻjayli tuman maʼmuriy sudi Xoʻjayli Chimboy tuman maʼmuriy sudi Chimboy Shumanay tuman maʼmuriy sudi Shumanay Ellikqalʼa tuman maʼmuriy sudi Ellikqalʼa Andijon viloyati Andijon shahar maʼmuriy sudi Andij�n shahar Xonobod shahar maʼmuriy sudi Xonobod shahar Andijon tuman maʼmuriy sudi Andijon tumani Oltinkoʻl tuman maʼmuriy sudi Oltinkoʻl Asaka tuman maʼmuriy sudi Asaka Baliqchi tuman maʼmuriy sudi Baliqchi Boʻz tuman maʼmuriy sudi Boʻz Buloqboshi tuman maʼmuriy sudi Buloqboshi Jalolquduq tuman maʼmuriy sudi Jalolquduq Izboskan tuman maʼmuriy sudi Izboskan Qoʻrgʻontepa tuman maʼmuriy sudi Qoʻrgʻontepa Marhamat tuman maʼmuriy sudi Marhamat Paxtaobod tuman maʼmuriy sudi Paxtaobod Ulugʻnor tuman maʼmuriy sudi Ulugʻnor Xoʻjaobod tuman maʼmuriy sudi Xoʻjaobod Shahrixon tuman maʼmuriy sudi Shahrixon Buxoro viloyati Buxoro shahar maʼmuriy sudi Buxoro shahar Kogon shahar maʼmuriy sudi Kogon shahar Olot tuman maʼmuriy sudi Olot Buxoro tuman maʼmuriy sudi Buxoro tumani Vobkent tuman maʼmuriy sudi Vobkent Gʻijduvon tuman maʼmuriy sudi Gʻijduvon Jondor tuman maʼmuriy sudi Jondor Kogon tuman maʼmuriy sudi Kogon Qorakoʻl tuman maʼmuriy sudi Qorakoʻl Qorovulbozor tuman maʼmuriy sudi Qorovulbozor Peshku tuman maʼmuriy sudi Peshku Romiton tuman maʼmuriy sudi Romiton Shofirkon tuman maʼmuriy sudi Shofirkon Jizzax viloyati Jizzax shahar maʼmuriy sudi Jizzax shahar Arnasoy tuman maʼmuriy sudi Arnasoy tumani Baxmal tuman maʼmuriy sudi Baxmal Gʻallaoral tuman maʼmuriy sudi Gʻallaoral Doʻstlik tuman maʼmuriy sudi Doʻstlik Zomin tuman maʼmuriy sudi Zomin Zarbdor tuman maʼmuriy sudi Zarbdor Zafarobod tuman maʼmuriy sudi Zafarobod Mirzachoʻl tuman maʼmuriy sudi Mirzachoʻl Paxtakor tuman maʼmuriy sudi Paxtakor Forish tuman maʼmuriy sudi Forish Sharof Rashidov tuman maʼmuriy sudi Sharof Rashidov Yangiobod tuman maʼmuriy sudi Yangiobod Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar maʼmuriy sudi Qarshi shahar Shaxrisabz shahar maʼmuriy sudi Shahrisabz Gʻuzor tuman maʼmuriy sudi Gʻuzor Dexqonobod tuman maʼmuriy sudi Dehqonobod tumani Qamashi tuman maʼmuriy sudi Qamashi Qarshi tuman maʼmuriy sudi Qarshi Koson tuman maʼmuriy sudi Koson Kasbi tuman maʼmuriy sudi Kasbi Kitob tuman maʼmuriy sudi Kitob Muborak tuman maʼmuriy sudi Muborak Mirishkor tuman maʼmuriy sudi Mirishkor Nishon tuman maʼmuriy sudi Nishon Chiroqchi tuman maʼmuriy sudi Chiroqchi Shahrisabz tuman maʼmuriy sudi Shahrisabz Yakkabogʻ tuman maʼmuriy sudi Yakkabogʻ Navoiy viloyati Navoiy shahar maʼmuriy sudi Navoiy shahar Zarafshon shahar maʼmuriy sudi Zarafshon shahar Konimex tuman maʼmuriy sudi Konimex Karmana tuman maʼmuriy sudi Karmana tumani Qiziltepa tuman maʼmuriy sudi Qiziltepa Navbahor tuman maʼmuriy sudi Navbahor Nurota tuman maʼmuriy sudi Nurota Tomdi tuman maʼmuriy sudi Tomdi Uchquduq tuman maʼmuriy sudi Uchquduq Xatirchi tuman maʼmuriy sudi Xatirchi Namangan viloyati Namangan shahar maʼmuriy sudi Namangan shahar Kosonsoy tuman maʼmuriy sudi Kosonsoy tumani Mingbuloq tuman maʼmuriy sudi Mingbuloq Namangan tuman maʼmuriy sudi Namangan Norin tuman maʼmuriy sudi Norin Pop tuman maʼmuriy sudi Pop Toʻraqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudi Toʻraqoʻrgʻon Uychi tuman maʼmuriy sudi Uychi Uchqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudi Uchqoʻrgʻon Chust tuman maʼmuriy sudi Chust Chortoq tuman maʼmuriy sudi Chortoq Yangiqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudi Yangiqoʻrgʻon Samarqand viloyati Samarqand shahar maʼmuriy sudi Samarqand shahar Kattaqoʻrgʻon shahar maʼmuriy sudi Kattaqoʻrgʻon shahar Oqdaryo tuman maʼmuriy sudi Oqdaryo Bulungʻur tuman maʼmuriy sudi Bulungʻur tumani Jomboy tuman maʼmuriy sudi Jomboy Ishtixon tuman maʼmuriy sudi Ishtixon Kattaqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudi Kattaqoʻrgʻon Qoʻshrobod tuman maʼmuriy sudi Qoʻshrobod Narpay tuman maʼmuriy sudi Narpay Nurobod tuman maʼmuriy sudi Nurobod Payariq tuman maʼmuriy sudi Payariq Pastdargʻom tuman maʼmuriy sudi Pastdargʻom Paxtachi tuman maʼmuriy sudi Paxtachi Samarqand tuman maʼmuriy sudi Samarqand Tayloq tuman maʼmuriy sudi Tayloq Urgut tuman maʼmuriy sudi Urgut Surxondaryo viloyati Termiz shahar maʼmuriy sudi Termiz shahar Oltinsoy tuman maʼmuriy sudi Oltinsoy Angor tuman maʼmuriy sudi Angor tumani Boysun tuman maʼmuriy sudi Boysun Denov tuman maʼmuriy sudi Denov Jarqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudi Jarqoʻrgʻon Qumqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudi Qumqoʻrgʻon Qiziriq tuman maʼmuriy sudi Qiziriq Muzrabot tuman maʼmuriy sudi Muzrabot Sariosiyo tuman maʼmuriy sudi Sariosiyo Termiz tuman maʼmuriy sudi Termiz Uzun tuman maʼmuriy sudi Uzun Sherobod tuman maʼmuriy sudi Sherobod Shoʻrchi tuman maʼmuriy sudi Shoʻrchi Sirdaryo viloyati Guliston shahar maʼmuriy sudi Guliston shahar Shirin shahar maʼmuriy sudi Shirin shahar Yangiyer shahar maʼmuriy sudi Yangiyer shahar Oqoltin tuman maʼmuriy sudi Oqoltin Boyovut tuman maʼmuriy sudi Boyovut tumani Guliston tuman maʼmuriy sudi Guliston Mirzaobod tuman maʼmuriy sudi Mirzaobod Sayxunobod tuman maʼmuriy sudi Sayxunobod Sardoba tuman maʼmuriy sudi Sardoba Sirdaryo tuman maʼmuriy sudi Sirdaryo Xovos tuman maʼmuriy sudi Xovos Toshkent viloyati Olmaliq shahar maʼmuriy sudi Olmaliq shahar Angren shahar maʼmuriy sudi Angren shahar Ohangaron shahar maʼmuriy sudi Ohangaron shahar Bekobod shahar maʼmuriy sudi Bekobod shahar Nurafshon shahar maʼmuriy sudi Nurafshon shahar Chirchiq shahar maʼmuriy sudi Chirchiq shahar Yangiyoʻl shahar maʼmuriy sudi Yangiyoʻl shahar Oqqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudi Oqqoʻrgʻon Ohangaron tuman maʼmuriy sudi Ohangaron Bekobod tuman maʼmuriy sudi Bekobod tumani Boʻstonliq tuman maʼmuriy sudi Boʻstonliq Boʻka tuman maʼmuriy sudi Boʻka Zangiota tuman maʼmuriy sudi Zangiota Qibray tuman maʼmuriy sudi Qibray Quyichirchiq tuman maʼmuriy sudi Quyichirchiq Parkent tuman maʼmuriy sudi Parkent Pskent tuman maʼmuriy sudi Pskent Toshkent tuman maʼmuriy sudi Toshkent tumani Oʻrtachirchiq tuman maʼmuriy sudi Oʻrtachirchiq Chinoz tuman maʼmuriy sudi Chinoz Yuqorichirchiq tuman maʼmuriy sudi Yuqorichirchiq Yangiyoʻl tuman maʼmuriy sudi Yangiyoʻl Toshkent shahri Olmazor tuman maʼmuriy sudi Olmazor Bektemir tuman maʼmuriy sudi Bektemir Mirobod tuman maʼmuriy sudi Mirobod Mirzo Ulugʻbek tuman maʼmuriy sudi Mirzo Ulugʻbek Sirgʻali tuman maʼmuriy sudi Sirgʻali Uchtepa tuman maʼmuriy sudi Uchtepa Chilonzor tuman maʼmuriy sudi Chilonzor Shayxontoxur tuman maʼmuriy sudi Shayxontoxur Yunusobod tuman maʼmuriy sudi Yunusobod Yakkasaroy tuman maʼmuriy sudi Yakkasaroy Yashnobod tuman maʼmuriy sudi Yashnobod Fargʻona viloyati Fargʻona shahar maʼmuriy sudi Fargʻona shahar Qoʻqon shahar maʼmuriy sudi Qoʻqon shahar Quvasoy shahar maʼmuriy sudi Quvasoy shahar Margʻilon shahar maʼmuriy sudi Margʻilon shahar Oltiariq tuman maʼmuriy sudi Oltiariq Bogʻdod tuman maʼmuriy sudi Bogʻdod Beshariq tuman maʼmuriy sudi Beshariq tumani Buvayda tuman maʼmuriy sudi Buvayda Dangʻara tuman maʼmuriy sudi Dangʻara Quva tuman maʼmuriy sudi Quva Qoʻshtepa tuman maʼmuriy sudi Qoʻshtepa Rishton tuman maʼmuriy sudi Rishton Soʻx tuman maʼmuriy sudi Soʻx Toshloq tuman maʼmuriy sudi Toshloq Oʻzbekiston tuman maʼmuriy sudi Oʻzbekiston Uchkoʻprik tuman maʼmuriy sudi Uchkoʻprik Fargʻona tuman maʼmuriy sudi Fargʻona Furqat tuman maʼmuriy sudi Furqat Yozyovon tuman maʼmuriy sudi Yozyovon Xorazm viloyati Urganch shahar maʼmuriy sudi Urganch shahar Xiva shahar maʼmuriy sudi Xiva shahar Bogʻot tuman maʼmuriy sudi Bogʻot tumani Gurlan tuman maʼmuriy sudi Gurlan Qoʻshkoʻpir tuman maʼmuriy sudi Qoʻshkoʻpir Urganch tuman maʼmuriy sudi Urganch Xazorasp tuman maʼmuriy sudi Xazorasp Xonqa tuman maʼmuriy sudi Xonqa Xiva tuman maʼmuriy sudi Xiva Shovot tuman maʼmuriy sudi Shovot Yangiariq tuman maʼmuriy sudi Yangiariq Yangibozor tuman maʼmuriy sudi Yangibozor ”;
14-ilovada “898” raqami “904” raqami bilan almashtirilsin;
17-ilovaning “Xizmat koʻrsatuvchi tumanlar, shaharlar” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Kitob tumani” soʻzlaridan oldin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Angren shahar” soʻzlaridan keyin “Ohangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan oldin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan keyin “Toshkent tumani” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Boʻka tumani” soʻzlaridan oldin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Bogʻot tumani” soʻzlaridan oldin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
