“Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2121-1-son)
27.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2121-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 9-iyuldagi 30 va 18-son “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2121, 2010-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 239-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
9-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
112-son
