Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (742-son)
18.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni nazorat qilish va hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-sentabr,
742-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qaroriga ILOVA
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat foydasiga voz kechish — bojxona rejimida vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga oʻtkazadi;
davlat bojxona xizmatining hududiy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari;
davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi;
tovar — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari hamda transport vositasi (tovarlarni va yoʻlovchilarni tashuvchi transport vositasi, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari bundan mustasno);
tovarning kuzatuv hujjatlari — hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab joʻnatish varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va oʻzga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar, shuningdek konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi mavjudligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat;
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish yurituvchi shaxs;
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi — davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning bojxona organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
3. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish tartiboti mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Tovarning davlat foydasiga voz kechish rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi
4. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi.
3-bob. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish
6. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar toʻgʻrisida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan soʻng, ushbu tovarlar boʻyicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida oʻzi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
7. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ yozma yoki elektron shaklda xabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.
8. Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
9. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi oʻrtasida 3-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi.
10. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning kelgusidagi realizatsiyasini taʼminlash uchun bojxona yuk deklaratsiyasi, tovarning kuzatuv hujjatlari, agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasini davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga taqdim etadi.
11. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning vaqtincha saqlaydi hamda sotadi (qimmatli qogʻozlar bundan mustasno).
Bunda qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar:
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida texnik ekspertizadan oʻtkaziladi;
texnik ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun asillik darajasi toʻlovi undirilmaydi.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan qimmatli qogʻozlar Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun topshiriladi va qimmatli qogʻozlar boʻyicha huquqlar qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan:
tez buziladigan va past qiymatli tovarlar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
boshqa tovarlar toʻgʻridan-toʻgʻri yoki “E-auksion shop” elektron savdo doʻkoni orqali sotiladi.
12. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilib topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha olingan tovarlarning sotilishi yuzasidan Davlat bojxona xizmatining hududiy organiga har oy yakunida maʼlumot taqdim etadi.
Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarning realizatsiyasi boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi elektron shaklda amalga oshiriladi.
13. Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning tegishli daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobraqamiga oʻtkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi;
50 foizi — Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobraqamiga oʻtkaziladi va davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni baholash, saqlash va realizatsiya qilish hamda davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning tasarruf etish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarTadbirlarBajarish muddati1-bosqichVakolatli shaxsTovarlarning elektron deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va axborot tizimlari orqali bojxona organlariga yuboradi.Tadbirkorlik subyektining xohishiga koʻra2-bosqichBojxona organlarining axborot tizimi1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasi dastlabki format-mantiqiy nazoratdan oʻtkaziladi va tekshiruvlarning ijodiy natijasiga koʻra unga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berib, roʻyxatdan oʻtkaziladi.2. Format-mantiqiy nazoratdan ijobiy oʻtmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi, xabarnomada sabablari koʻrsatilgan holda deklaratsiyalovchi shaxsga qaytarib yuboriladi.3. Roʻyxatdan oʻtgan tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona organlarining axborot tizimi orqali bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xodimlari oʻrtasida avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlanadi.Real vaqt rejimida3-bosqichDavlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimlariVakolatli shaxs tomonidan tovarlar bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.Tovar bojxona organiga topshirilayotgandaTovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini elektron shaklda amalga oshiradi.Uch ish kunida4-bosqichDavlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimlariDavlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan soʻng, ushbu tovarlar boʻyicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida oʻzi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.Bir ish kunida5-bosqichDavlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organXabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.Bir ish kunida6-bosqichDavlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organDavlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qabul qilinganidan keyin ularni mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq vaqtincha saqlaydi va realizatsiya qiladi.Doimo
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
* Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ nomidan dalolatnomani moddiy javobgar shaxs imzolaydi.
