Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (739-son)
18.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmonini ijro etish hamda avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashishni litsenziyalash mexanizmini takomillashtirish, avtomobillarda tashuvchilar faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining oʻrinbosari Sh.Sh. Shovahobov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-sentabr,
739-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 739-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovaning 5-bandi ikkinchi xatboshida:
“r” va “t” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
“s” kichik bandidagi “shaharda” soʻzidan keyin “va shahar atrofida” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji MIQDORLARI
Faoliyat turlari Sigʻimi (yoʻlovchi oʻrni va yuk koʻtarish quvvati, tonna) Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga davlat boji miqdori (eng kam oylik ish haqiga nisbatan shuncha baravar) 1) yoʻlovchilarni shaharda tashish avtobuslar 14 oʻringacha 1,0 14 oʻrindan ortiq 2,5 mikroavtobuslar 1 ta transport vositasi uchun 8,0 yengil avtomobillar 4 oʻringacha 2,0 4 oʻrindan ortiq 3,5 2) yoʻlovchilarni shahar atrofida tashish avtobuslar 19 oʻringacha 2,0 19 oʻrindan ortiq 4,0 mikroavtobuslar 1 ta transport vositasi uchun 8,0 yengil avtomobillar 4 oʻringacha 2,0 4 oʻrindan ortiq 3,5 3) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish avtobuslar 30 oʻringacha 6,0 30 oʻrindan ortiq 16,5 mikroavtobuslar 1 ta transport vositasi uchun 19,5 yengil avtomobillar 1 ta transport vositasi uchun 5,5 4) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish avtobuslar 12 oʻrindan ortiq 28,0 mikroavtobuslar 1 ta transport vositasi uchun 22,0 yengil avtomobillar 1 t� transport vositasi uchun 7,0 5) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish 3,5 tonnagacha 1,0 3,5 tonnadan 10 tonnagacha 2,5 10 tonnadan 16 tonnagacha 4,0 16 tonnadan ortiq 5,5 6) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish 3,5 tonnagacha 2,0 3,5 tonnadan 10 tonnagacha 4,0 10 tonnadan 16 tonnagacha 5,5 16 tonnadan ortiq 7,0 7) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish 1 ta transport vositasi uchun 7,0
Izoh. Davlat boji litsenziya/litsenziya varaqalarini olish uchun toʻlangan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida hisoblanadi”.
