Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (PQ-3290-son)
26.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qaroriga muvofiq hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun munosib nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish, oʻquvchilarning tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli boʻlgan, chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan mavjud akademik litseylarning faoliyati kompleks tahlil qilinganligi, moddiy-texnika bazasi xatlovdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining:
oʻtkazilgan kompleks tahlil va xatlov yakunlari boʻyicha aniqlangan oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliy taʼlim muassasalaridan uzoqda joylashgan, taʼlim sifati va bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari past boʻlgan 1-ilovada koʻrsatilgan akademik litseylarning 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni qabul qilishni toʻxtatishi va 2019-yil 1-sentabrdan boshlab faoliyatini tugatishi toʻgʻrisidagi;
yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga, yetarli moddiy-texnika bazaga ega boʻlgan akademik litseylarni 2-ilovaga muvofiq oliy taʼlim muassasalari tasarrufiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab akademik litseylarda oʻqish muddati ikki yil etib belgilanadi va ularga oʻquv-metodik jihatdan rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan oʻquvchilar belgilangan tartibda yotoqxona hamda ota-onalar toʻlovi hisobiga (har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida) xarajatlarni qisman qoplagan holda, imtiyozli oziq-ovqat bilan taʼminlanadilar;
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilar qabuli toʻxtatilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich oʻquvchilari mazkur akademik litseylarda taʼlimni amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha belgilangan tartibda yakunlaydilar va ularga davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomi beriladi;
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida amalga oshiriladi;
faoliyati tugatiladigan akademik litseylarning bino va inshootlari, yer maydonlari, birinchi navbatda, amalda biriktirilgan oliy taʼlim muassasasiga, oliy taʼlim muassasasida ehtiyoj mavjud boʻlmagan hollarda tegishli tuman (shahar)lar hokimliklariga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi;
akademik litseylar samarali faoliyat koʻrsatishi, ulardagi oʻqitish sifatini taʼminlash hamda ular moddiy-texnika bazasi va yuqori malakali oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlanganligi, taʼlim-tarbiya jarayoni ustidan nazorat qilinishi, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi koʻrsatkichlarini toʻliq taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlariga yuklanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. Xolmuxamedov:
bir oy muddatda faoliyati tugatiladigan 1-ilovadagi akademik litseylarning bino va inshootlari, yer maydonlari va boshqa barcha moddiy-texnika boyliklarini (keyingi oʻrinlarda moddiy boyliklar deb ataladi) toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda ularni roʻyxat asosida har bir taʼlim muassasasi kesimida moddiy javobgar shaxslarga oʻrnatilgan tartibda biriktirsin;
moddiy javobgar shaxslarning oʻzlariga biriktirilgan moddiy boyliklarni oʻrnatilgan tartibda topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida rasmiylashtirilguniga qadar but va soz saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrsin va ular faoliyati boʻyicha shaxsan masʼul etib belgilansin.
5. Oliy taʼlim muassasalari rahbariyatiga oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. Majidov ikki oy muddatda:
Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining eng bilimli, qobiliyatli va iqtidorli oʻquvchilarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Nizomda respublikaning malakali kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan hududlaridan oʻquvchilarni oliy taʼlim muassasalariga kirishga maqsadli tayyorlash uchun imtiyozli qabul qilish, shuningdek akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasasiga kira olmasligi darajasiga muvofiq (foiz koʻrsatkichlariga mos ravishda) akademik litseyni tasarrufiga olgan oliy taʼlim muassasasi rektori, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektori, akademik litsey direktori va masʼul xodimlariga oʻrnatilgan tartibda jarima qoʻllanilishi hamda ularning oylik maoshlaridan chegirib qolinishi nazarda tutilsin;
akademik litseylarning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda akademik litsey oʻqituvchilarining yetakchi oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirishini samarali tizimini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tashkil etsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyati tugatiladigan akademik litseylarning ishdan boʻshaydigan oʻqituvchilarini va xodimlarini belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda “Maorif” sohasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar doirasida ushbu qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-sentabr,
PQ-3290-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qaroriga 1-ILOVA
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilar qabuli toʻxtatiladigan va 2019-yil 1-sentabrdan boshlab faoliyati tugatiladigan akademik litseylar
roʻyxati
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1. Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Zangiota akademik litseyi. 2. Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey. 3. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Angren akademik litseyi. 4. Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 5-son akademik litsey. 5. Toshkent moliya instituti qoshidagi Moliya akademik litseyi. 6. Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey. 7. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyi. 8. Andijon davlat universiteti qoshidagi Asaka akademik litseyi. 9. Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey. 10. Buxoro muhandislik texnologiya instituti qoshidagi Qorovulbozor 2-son akademik litseyi. 11. Guliston davlat universiteti qoshidagi Yangiyer akademik litseyi. 12. Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Boʻston akademik litseyi. 13. Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyi. 14. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 3-son akademik litsey. 15. Namangan davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey. 16. Namangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi Toʻraqoʻrgʻon akademik litseyi. 17. Namangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi 2-son akademik litsey. 18. Namangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi Norin akademik litseyi. 19. Namangan muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 2-son akademik litsey. 20. Samarqand davlat universiteti qoshidagi Urgut shahar 3-son akademik litsey. 21. Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi 2-son akademik litsey. 22. Termiz davlat universiteti qoshidagi Denov 3-son akademik litseyi. 23. Fargʻona politexnika instituti qoshidagi Margʻilon akademik litseyi. 24. Fargʻona politexnika instituti qoshidagi Soʻx akademik litseyi. 25. Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi kompyuter va axborot texnologiyalari akademik litseyi. 26. Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi Amudaryo 3-son akademik litseyi. 27. Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi Rishton akademik litseyi. 28. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi. 29. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali qoshidagi Toʻrtkoʻl akademik litseyi. 30. Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi 2-son akademik litsey. 31. Andijon qishloq instituti qoshidagi 3-son akademik litsey. III. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 32. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litsey. 33. Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Gʻijduvon 2-son akademik litseyi. IV. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 34. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Mirzo Ulugʻbek akademik litseyi. V. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati 35. Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti qoshidagi 2-son akademik litsey. VI. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 36. Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi Zarafshon akademik litseyi. 37. Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq filiali qoshidagi akademik litsey.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qaroriga 2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari tasarrufiga beriladigan akademik litseylar
roʻyxati
T/rOliy taʼlim muassasasi nomiOliy taʼlim muassasasiga berilayotgan akademik litseyning nomi*1. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi 1.Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiOʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2.Oʻzbekiston Milliy universitetiOʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.X. Sirojiddinov akademik litseyi3.Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiOʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey4.Toshkent davlat texnika universiteti Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Kompyuter texnologiyalari akademik litseyi5.Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiToshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyi6.Toshkent moliya institutiToshkent moliya instituti qoshidagi 2-son akademik litsey7.Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiToshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litsey8.Toshkent davlat sharqshunoslik institutiToshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi9.Toshkent kimyo-texnologiya instituti Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey 10.Toshkent davlat pedagogika universitetiToshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-son akademik litsey11.Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiOʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey12.Andijon mashinasozlik institutiAndijon mashinasozlik instituti qoshidagi 2-son akademik litsey13.Andijon davlat universitetiAndijon davlat universiteti qoshidagi akademik litsey14.Buxoro davlat universitetiBuxoro davlat universiteti qoshidagi Qorakoʻl 3-son akademik litsey15.Buxoro muhandislik texnologiya institutiBuxoro muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litsey16.Guliston davlat universitetiGuliston davlat universiteti qoshidagi Guliston akademik litseyi17.Jizzax politexnika institutiJizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litsey 18.Qoraqalpoq davlat universitetiQoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Nukus 1-son akademik litseyi19.Qarshi davlat universitetiQarshi davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey20.Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiQarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi “Nuriston” akademik litseyi21.Namangan davlat universitetiNamangan davlat universiteti qoshidagi akademik litsey22.Namangan muhandislik qurilish institutiNamangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi Doʻstlik akademik litseyi23.Namangan muhandislik texnologiya institutiNamangan muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litsey24.Samarqand davlat universitetiSamarqand davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey25.Samarqand davlat chet tillari institutiSamarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey26.Samarqand iqtisodiyot va servis institutiSamarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litsey27.Termiz davlat universitetiTermiz davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey28.Fargʻona davlat universitetiFargʻona davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey29.Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Fargʻona politexnika institutiFargʻona politexnika instituti qoshidagi Yormozor akademik litseyi30.Urganch davlat universitetiUrganch davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey 31.Termiz muhandislik-texnologiya institutiTermiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyi32.Navoiy davlat pedagogika institutiNavoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey33.Nukus davlat pedagogika institutiNukus davlat pedagogika instituti qoshidagi Nukus akademik litseyi34.Jizzax davlat pedagogika universitetiJizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoy” akademik litseyi35.Qoʻqon davlat pedagogika institutiQoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litsey36.Chirchiq davlat pedagogika universitetiToshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi Chirchiq akademik litseyi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi37.Toshkent tibbiyot akademiyasiToshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litsey38.Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiToshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali qoshidagi akademik litsey39.Toshkent pediatriya tibbiyot institutiToshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi40.Toshkent farmatsevtika institutiToshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litsey41.Toshkent davlat stomatologiya institutiToshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey42.Andijon davlat tibbiyot institutiAndijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey43.Buxoro davlat tibbiyot institutiBuxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey44.Samarqand davlat tibbiyot institutiSamarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi45.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiToshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi “Interneyshenl-Xaus” Toshkent akademik litseyi46.Toshkent davlat agrar universitetiToshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qibray akademik litseyi47.Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialiNukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 4-son Chimboy akademik litseyi48.Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiToshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali akademik litseyi49.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiSamarqand veterinariya meditsinasi instituti akademik litseyi6. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi53.Toshkent axborot texnologiyalari universitetiToshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey54.Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialiQarshi davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey55.Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filialiQoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Nukus 3-son akademik litseyi56.Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialiSamarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litsey57.Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialiFargʻona davlat universiteti qoshidagi Fargʻona akademik litseyi58.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiToshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali qoshidagi 1-son akademik litsey7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi59.Toshkent davlat yuridik universitetiToshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi60.Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 61.Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshidagi akademik litsey 62.Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey 10. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi63.Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurilish va ekspluatatsiyasi institutiToshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyi11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati64.Toshkent temir yoʻllari muhandislari institutiToshkent temir yoʻl muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litseyi12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi65.Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litsey13. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari66.Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialiToshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali qoshidagi akademik litsey67.Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey68.Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litsey
* Akademik litseylarning nomlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasarrufiga berilayotgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Izoh: Harbiy yoʻnalishdagi akademik litseylar: harbiy-qurilish yoʻnalishdagi Samarqand akademik litseyi, harbiy texnika yoʻnalishidagi Fargʻona akademik litseyi va harbiy yuridik yoʻnalishidagi Urganch akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga, harbiy telekommunikatsiya yoʻnalishidagi Toshkent akademik litseyi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va sanʼat akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufiga berilgan.
