Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-avgustdagi PQ-3243-son qarori ) (738-son)
18.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-avgustdagi PQ-3243-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) 13-bandidagi “Buxoro koʻchasidagi 10-uyga” soʻzlari “Mustaqillik shohkoʻchasidagi 107-uyda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-sentabr,
738-son
