“Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1945-3-son)
21.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1945-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-son “Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 217 modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-sentabr,
128-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 4-sentabrdagi 128-son buyrugʻiga ILOVA
“Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. 1-ilovada:
“XXTUT” va “OKONX” degan qisqartmalar tegishlicha “IFUT” va “OKED” degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;
350, 1100 satrlardagi “Budjetga” va “budjet” degan soʻzlar tegishlicha “Davlat budjetiga” va “Gosudarstvenniy budjet” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1210 satrdagi “Qisqa muddatli” va “kratkosrochniy” degan soʻzlar tegishlicha “Operativ” va “operativnoy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1300 satrda “Uzoq muddatli” va “dolgosrochnoy” degan soʻzlar tegishlicha “Moliyaviy” va “finansovoy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.P. / M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(pri nalichii pechati / muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 2-ilovada:
“XXTUT” va “OKONX” degan qisqartmalar tegishlicha “IFUT” va “OKED” degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;
190 va 240 satrlardagi “Uzoq muddatli” va “dolgosrochnoy” degan soʻzlar tegishlicha “Moliyaviy” va “finansovoy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi jadval nomidagi “BUDJETGA” va “BUDJET” degan soʻzlar tegishlicha “DAVLAT BUDJETIGA” va “GOSUDARSTVENNIY BUDJET” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
480 satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar Obyazatelnie otchisleniya v Fond razvitiya materialno-texnicheskoy bazi obrazovatelnix i meditsinskix uchrejdeniy pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan 480 ”.
520 va 530 satrlardagi “Budjetga” va “budjet” degan soʻzlar tegishlicha “Davlat budjetiga” va “Gosudarstvenniy budjet” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.P. / M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(pri nalichii pechati / muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 4-ilovada:
“XXTUT” va “OKONX” degan qisqartmalar tegishlicha “IFUT” va “OKED” degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;
270 satrdagi “Uzoq muddatli” va “dolgosrochnoy” degan soʻzlar tegishlicha “Moliyaviy” va “finansovoy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.P. / M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(pri nalichii pechati / muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 5-ilovada:
“XXTUT” va “OKONX” degan qisqartmalar tegishlicha “IFUT” va “OKED” degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;
“M.P. / M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(pri nalichii pechati / muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 7-ilovada:
8-bandning “b” kichik bandidagi “XXTUT” degan qisqartma “IFUT” degan qisqartma bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Moliyaviy hisobotni tuzishda “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari boʻyicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim.”;
13-band “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
18-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Asosiy vositalar, balansning “Boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati” moddasida (satr 010), hisobi (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotlarda olib boriladigan oʻz asosiy vositalarining (amaldagi hamda konservatsiya qilingan) va moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati boʻyicha koʻrsatiladi.”;
ikkinchi xatboshisidagi “Uzoq muddatli” degan soʻzlar “Moliyaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
27-banddagi “uzoq muddatli” degan soʻzlar “moliyaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
28-banddagi “Uzoq muddatli ijara” va “uzoq muddatli ijara” degan soʻzlar tegishlicha “Moliyaviy ijara” va “moliyaviy ijara” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36-bandning birinchi xatboshidagi “budjet” degan soʻz “Davlat budjeti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. “Davlat budjetiga boʻnak toʻlovlari” moddasi (satr 350) boʻyicha Davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari va ortiqcha toʻlovlar koʻrsatiladi. Davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarining hisobi 4410-schyot “Davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)”da olib boriladi.”;
53-banddagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
56-banddagi “uzoq muddatli ijara (lizing) boʻyicha joriy toʻlovlar, qisqa muddatli” degan soʻzlar “moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha joriy toʻlovlar, operativ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
69-bandning ikkinchi xatboshisidagi “budjetga” degan soʻz “Davlat budjetiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
129-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“129. “Davlat budjetiga toʻlovlar boʻyicha qarz” moddasi (satr 1100) boʻyicha 6410-schyot “Davlat budjetiga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)”da hisobga olinadigan Davlat budjetiga toʻlovlarning barcha turlari, shuningdek jismoniy shaxslarning daromad soligʻi summasi boʻyicha sugʻurtalovchining qarzi koʻrsatiladi.”;
137-banddagi “qisqa muddatli” degan soʻzlar “operativ” degan soʻz bilan almashtirilsin;
140-banddagi “qisqa muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar” degan soʻzlar “operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1409-band “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
152-banddagi “depozitariy” degan soʻz “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
154-bandda “qisqa muddatli” degan soʻzlar “operativ” degan soʻz bilan almashtirilsin;
159-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“159. “Moliyaviy ijara (lizing)dan daromadlar” moddasi (satr 190) boʻyicha hisobi 9550-schyot “Moliyaviy ijaradan daromadlar”da olib boriladigan, mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishdan olingan daromadlar aks ettiriladi.”;
164-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“164. “Moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” moddasi (satr 240) boʻyicha hisobi 9610-schyot “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar”da olib boriladigan, moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari aks ettiriladi.”;
173-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“173. Davlat budjetiga toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma”da (satr 330 — 530) sugʻurtalovchilar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan va toʻlanadigan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari boʻyicha Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotnomada 530-satr boʻyicha sugʻurtalovchilar tomonidan hisobot davri uchun hisoblangan va toʻlangan Davlat budjetiga soliqlar va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar jami summasi koʻrsatiladi.”;
201-banddagi “budjetga” degan soʻz “Davlat budjetiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
214-banddagi “Uzoq muddatli” degan soʻzlar “Moliyaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
231-bandning “e” kichik bandida “budjetdan” degan soʻz “Davlat budjetidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
