“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3284-son)
16.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Magistral elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini oshirish, iqtisodiyot sohalari isteʼmolchilari hamda respublika aholisini elektr quvvati bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, podstansiyalarning jismoniy va maʼnaviy eskirgan qismlarini almashtirish hisobiga uskunalarni mukammal taʼmirlashga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Jahon banki Direktorlar kengashi 2016-yil 23-noyabrda “Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun umumiy qiymati 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — XTTB)ning qarzi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XTA) krediti Oʻzbekiston Respublikasiga berilishini maʼqulladi;
amalga oshirish muddati 2017 — 2022-yillarga moʻljallangan, umumiy qiymati 292,15 million AQSH dollariga teng miqdordagi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqildi.
2. Quyidagilar investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining ekvivalenti 75,35 million AQSH dollariga teng miqdordagi shaxsiy mablagʻlari;
XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan 92,0 million AQSH dollari miqdoridagi qarzi;
XTAning 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan 58,0 million AQSH dollari miqdoridagi krediti;
Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlaridan iborat ekvivalenti 66,8 million AQSH dollari miqdoridagi hissasi.
3. Belgilansinki:
“Oʻzbekenergo” AJ XTTB qarzi va XTA kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, investitsiya loyihasining oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javob beradigan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida XTTB qarzini va XTAning kreditini soʻndirish, shuningdek, ular boʻyicha foizlar, vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bogʻlik sarf-xarajatlar “Oʻzbekenergo” AJning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan XTTB qarzi va XTA krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvallari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Investitsiya loyihasi doirasida:
“Oʻzbekenergo” AJ — buyurtmachi etib;
“Energiyatarmoqloyiha” AJ — bosh loyihachi etib;
“4-montaj boshqarmasi” AJ — qurilish-montaj ishlarini bajarish qismida pudrat tashkiloti etib belgilansin.
6. “Oʻzbekenergo” AJ, “Energiyatarmokloyiha” AJ, “4-montaj boshqarmasi” AJga, istisno tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini olib borishga ruxsat berilsin.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov XTTB bilan qarz bitimini va XTA bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga;
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev XTTA qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni va XTA kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisida “Oʻzbekenergo” AJ bilan bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga;
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev XTTB va XTA bilan loyiha bitimini imzolashga vakil qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTTB oʻrtasidagi qarz bitimi, Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekenergo” AJ oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTA oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekenergo” AJ oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha huquqiy xulosalar bersin.
9. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida rasmiylashtirgan holda olib kelinadigan tovarlar, uskunalar, materiallar va maxsus transport vositalari 2023-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (K.N. Toʻlaganov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini, qurilishga, tegishli xizmatlar koʻrsatishga zarur litsenziyalar va ruxsatnomalar oʻz vaqtida berilishini, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi nazoratni tashkil etsin.
11. “Oʻzstandart” agentligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlar, uskuna va materiallar belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishni taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” AJning buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekenergo” AJning buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” AJning buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-sentabr,
PQ-3284-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3284-son qaroriga 1-ILOVA
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkichning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari XTTB qarzi XTA krediti Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati* ming AQSH dollari 292 152,0 75 353,0 92 000,0 58 000,0 66 799,0 2. Kapital qoʻyilmalar summasi jami ming AQSH dollari 218 556,0 68 556,0 92 000,0 58 000,0 - 2.1. shu jumladan: Mashina va uskunalar — jami ming AQSH dollari ekv. 128 929,0 - 70 929,0 58 000,0 - EMVda ming AQSH dollari 128 929,0 - 70 929,0 58 000,0 - 2.2. qurilish-montaj ishlari* ming AQSH dollari ekv. 56 090,0 40 019,0 16 071,0 - - EMVda ming AQSH dollari 15 019,0 - 15 019,0 - - milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 41 071,0 40 019.0 1 052,0 - - 2.3. Investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar** ming AQSH dollari ekv. 18 024,0 18 024,0 - - - EMVda ming AQSH dollari 15 996,0 15 996,0 - - milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 2 028,0 2 028,0 2.4. boshqa xarajatlar ming AQSH dollari ekv. 15 513,0 10 513,0 5 000,0 - - EMVda ming AQSH dollari 5 000,0 - 5 000,0 - - Milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 10 513,0 10513,0 - - - 3. Mavjud asosiy fondlar qiymati ming AQSH dollari ekv. 6 797,0 6 797,0 - - - milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 6 797,0 6 797,0 - - - 4. Soliqlar va bojxona toʻlovlari: ming AQSH dollari ekv. 66 799,0 - - - 66 799,0 bojxona imtiyozlari ming AQSH dollari ekv. 25 866,0 - - - 25 866,0 soliq imtiyozlari ming AQSH dollari ekv. 40 933,0 - - - 40 933,0 5. Loyihaning quvvati: yiliga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajmi 18,41 mlrd. kVt/ch 6. Loyihani qoplash boʻyicha hisoblangan muddat 13,8 yil 7. Investitsiya davrining muddati 6 yil 8. Yangi tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlari qiymati 218 326 ming AQSH dollari ekv. 9. Qarz va kreditni taqdim etish muddati 25 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 5 yil.
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash natijalari boʻyicha belgilanadi.
** Investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar qarz va kreditni tanlab olishning amaldagi summasi va muddatidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3284-son qaroriga 2-ILOVA
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan XTTB qarzi va krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 92 000 ming AQSH dollari Qarz muddati 25 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkasi 6 oylik LIBOR + yillik oʻzgaruvchi hisob-kitob* Majburiyat uchun vositachilik haqi yillik 0,25 foiz Bir yoʻla toʻlanadigan vositachilik haqi qarz summasidan 0,25 foiz
ming AQSH dollari Toʻlov davri Toʻlov summasi Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa** asosiy qarz foizlar va vositachilik haqi bir yoʻla toʻlanadigan vositachilik haqi 2017-yil 15-sentabr 158,7 230,0 388,7 2018-yil 15-mart 137,6 137,6 2018yil 15-sentabr 218,0 218,0 2019-yil 15-mart 291,5 291,5 2019-yil 15-sentabr 403,1 403,1 2020-yil 15-mart 512,8 512,8 2020-yil 15-sentabr 623,7 623,7 2021-yil 15-mart 733,5 733,5 2021-yil 15-sentabr 844,2 844,2 2022-yil 15-mart 2 300,0 964,2 3 264,2 2022-yil 15-sentabr 2 300,0 969,2 3 269,2 2023-yil 15-mart 2 300,0 974,1 3 274,1 2023-yil 15-sentabr 2 300,0 982,9 3 282,9 2024-yil 15-mart 2 300,0 956,3 3 256,3 2024-yil 15-sentabr 2 300,0 929,8 3 229,8 2025-yil 15-mart 2 300,0 903,2 3 203,2 2025-yil 15-sentabr 2 300,0 876,6 3 176,6 2026-yil 15-mart 2 300,0 850,1 3 150,1 2026-yil 15-sentabr 2 300,0 823,5 3 123,5 2027-yil 15-mart 2 300,0 797,0 3 097,0 2027-yil 15-sentabr 2 300,0 770,4 3 070,4 2028-yil 15-mart 2 300,0 743,8 3 043,8 2028-yil 15-sentabr 2 300,0 717,3 3 017,3 2029-yil 15-mart 2 300,0 690,7 2 990,7 2029-yil 15-sentabr 2 300,0 664,1 2 964,1 2030-yil 15-mart 2 300,0 637,6 2 937,6 2030-yil 15-sentabr 2 300,0 611,0 2911,0 2031-yil 15-mart 2 300,0 584,4 2 884,4 2031-yil 15-sentabr 2 300,0 557,9 2 857,9 2032-yil 15-mart 2 300,0 531,3 2 831,3 2032-yil 15-sentabr 2 300,0 504,7 2 804,7 2033-yil 15-mart 2 300,0 478,2 2 778,2 2033-yil 15-sentabr 2 300,0 451,6 2 751,6 2034-yil 15-mart 2 300,0 425,0 2 725,0 2034-yil 15-sentabr 2 300,0 398,5 2 698,5 2035yil 15-mart 2 300,0 371,9 2 671,9 2035-yil 15-sentabr 2 300,0 345,3 2 645,3 2036-yil 15-mart 2 300,0 318,8 2 618,8 2036-yil 15-sentabr 2 300,0 292,2 2 592,2 2037-yil 15-mart 2 300,0 265,7 2 565,7 2037-yil 15-sentabr 2 300,0 239,1 2 539,1 2038-yil 15-mart 2 300.0 212,5 2 512,5 2038-yil 15-sentabr 2 300,0 186,0 2 486,0 2039-yil 15-mart 2 300,0 159,4 2 459,4 2039-yil 15-sentabr 2 300,0 132,8 2 432,8 2040-yil 15-mart 2 300,0 106,3 2 406,3 2040-yil 15-sentabr 2 300,0 79,7 2 379,7 2041-yil 15-mart 2 300,0 53,1 2 353,1 2041-yil 15-sentabr 2 300,0 26,6 2 326,6 Jami 92 000 25 505,9 230,0 117 735,9
* Foizlar qoʻshilishida 6 oylik LIBOR stavkasi yillik hisob-kitob boʻyicha 1,4 foizga teng deb qabul qilingan, oʻzgaruvchi hisob-kitob 0,91 foizni tashkil qiladi.
** Toʻlov summalari amaldagi qarz summasi va tanlab olish kunidan va 6 oylik LIBOR stavkasining oʻzgarishiga qarab aniqlanib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3284-son qaroriga 3-ILOVA
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan XTA krediti (A qismi) boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Kredit summasi 39 160 ming AQSH dollari Kredit muddati 25 yil, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr Foiz stavkasi yillik 1,34 foiz Majburiyat uchun maksimal vositachilik haqi 0,50 foiz Xizmat koʻrsatish uchun vositachilik haqi 1,33 foiz
ming AQSH dollari Toʻlov davri Toʻlov summasi Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa* asosiy qarz Foizlar va vositachilik haqi 2017-yil 15-sentabr 139,8 139,8 2018-yil 15-mart 98,4 98,4 2018-yil 15-sentabr 100,1 100,1 2019-yil 15-mart 98,4 98,4 2019-yil 15-sentabr 100,1 100,1 2020-yil 15-mart 99,0 99,0 2020-yil 15-sentabr 100,1 100,1 2021-yil 15-mart 87,0 87,0 2021-yil 15-sentabr 166,1 166,1 2022-yil 15-mart 646,1 245,2 891,4 2022-yil 15-sentabr 646,1 417,8 1 064,0 2023-yil 15-mart 646,1 596,1 1 242,3 2023-yil 15-sentabr 646,1 744,4 1 390,6 2024-yil 15-mart 646,1 731,5 1 377,6 2024-yil 15-sentabr 646,1 718,6 1 364,7 2025-yil 15-mart 646,1 705,7 1 351,8 2025-yil 15-sentabr 646,1 692,7 1 338,9 2026-yil 15-mart 646,1 679,8 1 326,0 2026-yil 15-sentabr 646,1 666,9 1 313,0 2027-yil 15-mart 646,1 654,0 1 300,1 2027-yil 15-sentabr 646,1 641,0 1 287,2 2028-yil 15-mart 646,1 628,1 1 274,3 2028-yil 15-sentabr 646,1 615,2 1 261,3 2029-yil 15-mart 646,1 602,3 1 248,4 2029-yil 15-sentabr 646,1 589,4 1 235,5 2030-yil 15-mart 646,1 576,4 1 222,6 2030-yil 15-sentabr 646,1 563,5 1 209,7 2031-yil 15-mart 646,1 550,6 1 196,7 2031-yil 15-sentabr 646,1 537,7 1 183,8 2032-yil 15-mart 1 311,9 524,7 1 836,6 2032-yil 15-sentabr 1 311,9 498,5 1 810,4 2033-yil 15-mart 1 311,9 472,3 1 784,1 2033-yil 15-sentabr 1 311,9 446,0 1 757,9 2034-yil 15-mart 1 311,9 419,8 1 731,7 2034-yil 15-sentabr 1 311,9 393,6 1 705,4 2035-yil 15-mart 1 311,9 367,3 1 679,2 2035-yil 15-sentabr 1 311,9 341,1 1 652,9 2036-yil 15-mart 1 311,9 314,8 1 626,7 2036-yil 15-sentabr 1 311,9 288,6 1 600,5 2037-yil 15-mart 1 311,9 262,4 1 574,2 2037-yil 15-sentabr 1 311,9 236,1 1 548,0 2038-yil 15-mart 1 311,9 209,9 1 521,8 2038-yil 15-sentabr 1 311,9 183,7 1 495,5 2039-yil 15-mart 1 311,9 157,4 1 469,3 2039-yil 15-sentabr 1 311,9 131,2 1 443,0 2040-yil 15-mart 1 311,9 104,9 1 416,8 2040-yil 15-sentabr 1 311,9 78,7 1 390,6 2041-yil 15-mart 1 311,9 52,5 1 364,3 2041yil 15-sentabr 1 311,9 26,2 1 338,1 Jami 39 160,0 18 655,8 57 815,8
* Kreditning amaldagi summasi va tanlab olish muddatidan kelib chiqqan holda aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3284-son qaroriga 4-ILOVA
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan XTA krediti (B qismi) boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Kredit summasi 18 840 ming AQSH dollari Kredit muddati 25 yil, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr Foiz stavkasi yillik 1,43 foiz Majburiyat uchun maksimal vositachilik haqi 0,50 foiz Xizmat koʻrsatish uchun vositachilik haqi 1,33 foiz
ming AQSH dollari Toʻlov davri Toʻlov summasi Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa* asosiy qarz foizlar va vositachilik haqi 2017-yil 15-sentabr 67,2 67,2 2018-yil 15-mart 47,4 47,4 2018-yil 15-sentabr 48,1 48,1 2019-yil 15-mart 47,4 47,4 2019-yil 15-sentabr 48,1 48,1 2020-yil 15-mart 47,6 47,6 2020-yil 15-sentabr 48,1 48,1 2021-yil 15-mart 41,8 41,8 2021-yil 15-sentabr 80,9 80,9 2022-yil 15-mart 310,86 120,1 431,0 2022-yil 15-sentabr 310,86 205,3 516,2 2023-yil 15-mart 310,86 293,3 604,1 2023-yil 15-sentabr 310,86 366,2 677,1 2024-yil 15-mart 310,86 359,8 670,7 2024-yil 15-sentabr 310,86 353,5 664,4 2025-yil 15-mart 310,86 347,1 658,0 2025-yil 15-sentabr 310,86 340,8 651,6 2026-yil 15-mart 310,86 334,4 645,3 2026-yil 15-sentabr 310,86 328,1 638,9 2027-yil 15-mart 310,86 321,7 632,6 2027-yil 15-sentabr 310,86 315,4 626,2 2028-yil 15-mart 310,86 309,0 619,9 2028-yil 15-sentabr 310,86 302,6 613,5 2029-yil 15-mart 310,86 296,3 607,1 2029-yil 15-sentabr 310,86 289,9 600,8 2030-yil 15-mart 310,86 283,6 594,4 2030-yil 15-sentabr 310,86 277,2 588,1 2031-yil 15-mart 310,86 270,9 581,7 2031-yil 15-sentabr 310,86 264,5 575,4 2032-yil 15-mart 631,14 258,1 889,3 2032-yil 15-sentabr 631,14 245,2 876,4 2033-yil 15-mart 631,14 232,3 863,5 2033-yil 15-sentabr 631,14 219,4 850,6 2034-yil 15-mart 631,14 206,5 837,6 2034-yil 15-sentabr 631,14 193,6 824,7 2035-yil 15-mart 631,14 180,7 811,8 2035-yil 15-sentabr 631,14 167,8 798,9 2036-yil 15-mart 631,14 154,9 786,0 2036-yil 15-sentabr 631,14 142,0 773,1 2037-yil 15-mart 631,14 129,1 760,2 2037-yil 15-sentabr 631,14 116,2 747,3 2038-yil 15-mart 631,14 103,3 734,4 2038-yil 15-sentabr 631,14 90,3 721,5 2039-yil 15-mart 631,14 77,4 708,6 2039-yil 15-sentabr 631,14 64,5 695,7 2040-yil 15-mart 631,14 51,6 682,8 2040-yil 15-sentabr 631,14 38,7 669,9 2041-yil 15-mart 631,14 25,8 657,0 2041-yil 15-sentabr 631,14 12,9 644,0 Jami 18 840,0 9 166,9 28 006,9
* Kreditning amaldagi summasi va tanlab olish muddatidan kelib chiqqan holda aniqlashtirilishi lozim.
