Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, oʻtkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun masʼuliyatni oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (718-son)
13.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishni yanada yaxshilash, kasalliklar profilaktikasi, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlarining yetakchi oʻrnini va ular faoliyati ahamiyatini hisobga olgan holda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi uchun ularning masʼuliyatini oshirish va ular mehnatini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar profilaktik tadbirlar va aholiga tibbiy patronajning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining asosiy vazifalarini ustuvor darajada kasalliklarning oldini olishga, profilaktika va aholi bilan patronaj ishlari olib borishga qayta yoʻnaltirish;
aholi, birinchi navbatda fertil yoshidagi ayollar va homilador ayollar, bolalar, shuningdek oʻzgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar orasida patronaj ishlarini muntazam olib borish;
sifatli profilaktik koʻriklarni tashkil etish va laboratoriya-instrumental tekshiruvlar olib borish yoʻli bilan kasalliklarni erta aniqlash va ularning surunkali shaklga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik;
shifoxonaga yotqizish, kasalliklarga chalinish va nogironlik darajasining pasayishini, ayniqsa aholining koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatidan qoniqishini tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib belgilash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 1-oktabrdan boshlab:
a) markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari faoliyati natijalarini reyting baholash tizimini;
b) markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatini taqdirlashning ular ishi samaradorligini reyting baholash natijalariga bogʻliq ravishda quyidagilarni:
biriktirilgan hududda oilalarning toʻliq patronaj bilan qamrab olinishini taʼminlayotgan va oʻz faoliyatining ijobiy pirovard natijalariga, shu jumladan, kasallikka chalinish pasayishiga, goʻdaklar va onalar oʻlimi boʻlmasligiga erishgan patronaj tibbiyot hamshiralari va umumiy amaliyot vrachlariga tarif stavkasining 5 foizidan 20 foizigacha miqdorda har oylik shaxsiy ustama belgilash;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining eng oʻrnak koʻrsatgan vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyatini reyting baholash yakunlari boʻyicha ularni mukofotlashni nazarda tutadigan tizimni joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar Moddiy ragʻbatlantirish va tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
ikki hafta muddatda Aholini profilaktik koʻriklar va tizimli patronaj bilan qamrab olish toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, bemorlarni shahar va qishloq oilaviy poliklinikalaridan, qishloq vrachlik punktlaridan maslahat, tashxis qoʻyish, tibbiy hisobga qoʻyish, davolash va reabilitatsiya qilish uchun tuman, viloyat va respublika darajalaridagi davolash muassasalariga yuborish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
profilaktik tadbirlar toʻliq hajmda oʻtkazilishi va ularning tizimli monitoringi joriy etilishi tashkil etilishini taʼminlasin;
vrach tomonidan surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar kuzatib borilishi, sogʻlomlashtirilishi va reabilitatsiya qilinishining yakka tartibdagi rejasi tuzilishi va unga rioya qilinishi nazorat qilinishini taʼminlasin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 1-dekabrdagi 350-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2015-y., 12-son, 104-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-sentabr,
718-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 718-son qaroriga ILOVA
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari (keyingi oʻrinlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari deb ataladi), shuningdek, vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibini belgilaydi.
2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, shuningdek, vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash (keyingi oʻrinlarda reyting baholash deb ataladi):
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyati sifatini oshirish va ular ishining pirovard natijalarini yaxshilash;
vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari tomonidan funksional vazifalar bajarilishini, shu jumladan, profilaktik tibbiy koʻriklar, ayollar va bolalarni uyda patronaj borib koʻrish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, sanitariya-gigiyenik tarbiya va sogʻlom turmush tarzini joriy etish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash;
profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;
aholining sogʻligʻi holatini yaxshilash, kasalliklarga chalinish koʻrsatkichlarini, oʻlimni va nogironlikni pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi.
2-bob. Reyting baholash tartibi
3. Reyting baholash hisobot davri mobaynida vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining ishi hajmi, sifati va ishlarni bajarish natijadorligi koʻrsatkichlariga asoslanadi.
4. Reyting baholash toʻrt bosqichda oʻtkaziladi.
birinchi bosqichda — birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining funksional vazifalarni bajarishining toʻliqligi koʻrsatkichlari va salbiy koʻrsatkichlar baholanadi;
ikkinchi bosqichda — birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining toʻlaqonligi, sifati va pirovard natijalari koʻrsatkichlari, shuningdek, salbiy koʻrsatkichlari baholanadi;
uchinchi bosqichda — vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari uchun reyting baholashning toʻplangan yakuniy ballaridan kelib chiqib ragʻbatlantirish yoki jazolash choralari belgilanadi;
toʻrtinchi bosqichda — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan reyting baholash natijalari yakunlari boʻyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari rahbarlarining attestatsiyasi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
5. Vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining kundalik ishi maxsus jurnallarda qayd etiladi, ularning shakli va toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Reyting baholash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha bir yilda ikki marta oʻtkaziladi.
Reyting baholash birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining hisobga olish va hisobot hujjatlarini oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
6. Reyting baholash tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi huzuridagi maxsus monitoring guruhi (keyingi oʻrinlarda maxsus monitoring guruhi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Maxsus monitoring guruhining tarkibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkib boʻyicha tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Faoliyat samaradorligini reyting baholash ushbu Nizomga 3 — 6-ilovalarga muvofiq aniqlanadi.
8. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining umumiy amaliyot vrachlari va patronaj tibbiyot hamshiralari har oyda ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq shaklni toʻldiradilar.
9. Har bir oy tamom boʻlgandan keyin umumiy amaliyot vrachlari va patronaj tibbiyot hamshiralarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi toʻldirilgan shakl hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi mudiriga topshiriladi.
10. Umumiy amaliyot vrachlari va patronaj tibbiyot hamshiralari ishi natijalari bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi toʻldirilgan hisobot shakllari asosida hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining mudiri va katta tibbiyot hamshirasi tomonidan baholanadi.
11. Tor ixtisoslikdagi vrachlarga va oʻrta tibbiyot xodimlariga (patronaj tibbiyot hamshiralaridan tashqari) har oyda 100 tadan kredit ballar belgilanadi.
12. Maxsus monitoring guruhi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan keyin yilning II va IV choraklari yakunlari boʻyicha birlamchi tibbiyot hujjatlarini tahlil qilish asosida 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari ishi natijalarining salbiy koʻrsatkichlari oʻrganib chiqiladi.
13. Umumiy amaliyot vrachi va patronaj tibbiyot hamshirasi tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, shuningdek, ular ishi natijalarining salbiy koʻrsatkichlari birlamchi tibbiyot hujjatlarini va hisobot shakllarini tanlab oʻrganish yoʻli bilan maxsus ishchi guruh tomonidan aniqlanadi.
Tor ixtisoslikdagi vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari tomonidan (patronaj tibbiyot hamshiralaridan tashqari) faoliyat bajarilmasligi yoki samarasizligi uchun salbiy ballar hisoblanishi maxsus monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
14. Maxsus monitoring guruhi tomonidan oʻrganib chiqish natijalari ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Maʼlumotnomaning birinchi nusxasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida saqlanadi, ikkinchi nusxasi saqlash uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga belgilangan tartibda beriladi.
15. Maxsus monitoring guruhi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi mudiri bilan birgalikda oʻrganib chiqish asosida hisoblab chiqilgan ballarni ushbu Nizomga 3 — 7-ilovalarga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, shuningdek, vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining bajarilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobot shakliga kiritadi.
Ish samaradorligini reyting baholash yakunlangandan keyin vrachlarga va oʻrta tibbiyot xodimlarga tegishli yakuniy ballar belgilanadi.
16. Olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballarning 85 foizini va undan ortigʻini toʻplagan patronaj tibbiyot hamshiralari va umumiy amaliyot vrachlari lavozim tarif stavkasining 5 foizidan 20 foizigacha miqdorda shaxsiy ustama belgilash tarzida navbatdagi reyting baholashlar yakunlariga qadar moddiy ragʻbatlantiriladilar.
17. Shaxsiy ustamalar miqdorlari toʻplangan yakuniy ballar sonidan kelib chiqib quyidagi tartibda belgilanadi:
reyting ballar eng koʻp yigʻindisining 85 foizidan 87 foizigacha — 5 foiz;
reyting ballar eng koʻp yigʻindisining 87 foizidan 91 foizigacha — 10 foiz;
reyting ballar eng koʻp yigʻindisining 91 foizidan 96 foizigacha — 15 foiz;
reyting ballar eng koʻp yigʻindisining 96 foizidan 100 foizigacha — 20 foiz.
18. Eng koʻp olinishi mumkin boʻlgan yakuniy ballarning 55 foizidan 85 foizigachani toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari oʻz lavozim maoshini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirishsiz belgilangan tartibda oladilar.
19. Eng koʻp olinishi mumkin boʻlgan yakuniy ballarning 55 foizidan kamni toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlariga qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
20. Faoliyatni reyting baholash yakunlari boʻyicha eng yuqori ballarni toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari bir yilda 2 ta maoshdan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla mukofotlash tarzida moddiy ragʻbatlantiriladilar.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Maxsus monitoring guruhi faoliyati ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlar rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining tegishli mintaqa boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyati samaradorligini reyting baholash
SXEMASI
* MKTP — markaziy koʻp tarmoqli poliklinika ;
OP — shahar oilaviy poliklinikasi;
QOP — qishloq oilaviy poliklinikasi;
QVP — qishloq vrachlik punkti.
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi ___________________________ F.I.O. 20___ yil “_______”______________
__________ tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi huzuridagi maxsus monitoring guruhining NAMUNAVIY TARKIBI№F.I.O.Lavozimi1.Guruh rahbari — markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikasi mudiri oʻrinbosari — oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalar koordinatoriGuruh aʼzolari:2.Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi vrachi3.Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tashkiliy-metodik boʻlimi mutaxassisi4.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimi mutaxassisi
Izoh. Maxsus monitoring guruhi tarkibiga tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻining koʻrsatmasiga binoan boshqa mutaxassislar qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Umumiy amaliyot vrachi faoliyati samaradorligini
baholash
T/r Koʻrsatkichlar Yuklama meʼyori Hisoblash usuli Bajarish, % Ball Yakuniy ball I. Biriktirilgan aholi orasida kasallikni davolash va uning profilaktikasi boʻyicha yordam berish samaradorligini belgilovchi koʻrsatkichlar 1. Bemorlarni ambulatoriyada qabul qilish yuklamasi bajarilishi Oyiga 450 ta qabul/qatnov Oylik umumiy qatnovlar ------------------------------ x 100 450 x egallagan stavka 85 — 100% 20 70 — 85% 10 55 — 70% 5 55% dan kam 0 2. Bemorlarni uyga borib koʻrish yuklamas bajarilishi Oyiga 150 ta qatnov Oylik uyga qatnovlar soni ------------------------------ x 100 150 x egallagan stavka 85 — 100% 10 70 — 85% 7 55 — 70% 5 55% dan kam 0 II. Fertil yoshidagi ayollar, homilador va tuqqan ayollarga kasalliklar profilaktikasi boʻyicha koʻrsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini aniqlash koʻrsatkichlari 1. Homilador ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Homiladorlik davrida ayol 7-marta koʻrilishi kerak Homilador ayollar koʻriklari soni ------------------------------ x 100 0,77 x hisobda turgan homilador ayollar soni 90 — 100 10 70 — 90 7 40 — 70 5 40 dan kam 1 2. Fertil yoshidagi ayollarni profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish Fertil yoshidagi (15 — 49 yosh) ayollarni yiliga 1-marta profilaktik koʻrikdan oʻtkazish Profilaktik koʻrikdan oʻtgan fertil yoshdagi ayollar soni x 12 ------------------------------ x 100 Fertil yoshidagi ayollar soni 90 — 100 15 70 — 90 10 40 — 70 5 40 dan kam 1 3. Tuqqan ayollar patronaji (tugʻruqdan keyin 42 kun mobaynida) Tuqqandan keyingi 42 kun mobaynida ayol vrach tomonidan 3-marta koʻrilishi kerak Tuqqandan keyin 42 kun mobaynida koʻrilgan ayollar soni ------------------------------ x 100 Tuqqan ayollar soni (tuqqandan keyin 42 kun mobaynida) x 2,14 90 — 100 10 70 — 90 7 40 — 70 5 40 dan kam 1 III. Bolalar orasida kasalliklar profilaktikasi boʻyicha koʻrsatilayotgan yordam samaradorligini aniqlovchi koʻrsatkichlar va vaksinatsiya qilish 1. 1 — 18 yoshdagi bolalarni profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish 1 — 18 yoshdagi bolalarni yiliga 1-marta profilaktik koʻriklardan oʻtkazish Profilaktik koʻrikdan oʻtgan 1 — 18 yoshdagi bolalar soni x 12 ------------------------------ x 100 1 — 18 yoshdagi bolalar soni 100 15 80 10 50 5 0 1 2. 2 yoshgacha bolalarni vaksinatsiya bilan qamrab olish 2 yoshgacha bolalarni Milliy taqvimga asosan emlash Shu oyda emlangan 2 yoshgacha bolalar soni ------------------------------ x 100 Emlanishi kerak boʻlgan 2 yoshgacha bolalar soni 90 — 100 10 70 — 90 7 40 — 70 5 40 dan kam 1 IV. Kasalliklar profilaktikasi va kasalliklar asoratlarining oldini olish boʻyicha koʻrsatilayotgan yordam samaradorligini belgilovchi koʻrsatkichlar 1. Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning dispanser nazoratini amalga oshirish Dispanserizatsiya rejasiga muvofiq surunkali kasallikka chalingan bemorlar koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash Dispanserizatsiya rejasiga muvofiq koʻrilgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni ------------------------------ x 100 Koʻrilishi lozim boʻlgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni 90 — 100 10 70 — 90 7 40 — 70 5 40 dan kam 1 Jami musbat ballar V. Baholashning pirovard natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar 1. Aholining vrach ishidan tasdiqlangan shikoyatlari Har bir tasdiqlangan holat - - 20 2. Onkologik kasalliklarni kech birlamchi aniqlash (3-4 darajada) Har bir kech aniqlangan holat - - 10 3. Silga chalingan bemorlarni, shuningdek, sil asoratini kech aniqlash Har bir kech aniqlangan holat - - 15 4. Goʻdaklar oʻlimi Har bir holat - - 15 5. Onalar oʻlimi Har bir holat - - 30 6. Homiladorlarni kech (12 haftadan keyin) hisobga olish Kech hisobga olingan har bir holat 10 Jami manfiy ballar Jami ballar (jami musbat ballar — jami manfiy ballar)
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Tor ixtisoslik vrachlari faoliyati samaradorligini
baholash
T/r Koʻrsatkichlar Yuklama meʼyori Ball Yakuniy ball Baholashning pirovard natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar 1. Aholi tomonidan vrach faoliyatiga shikoyatlarning mavjudligi Har bir tasdiqlangan holat 30 2. Yatrogeniya (bemorning salomatligiga zarar yetkazish) holatlarining mavjudligi Har bir tasdiqlangan holat 30 3. Surunkali kasalliklarning kech bosqichlarda yaqqol asoratlar bilan va dekompensatsiya bosqichida aniqlanishi Har bir kech aniqlangan holat 20 4. Ushbu ixtisoslikka tegishli kasallik boʻyicha bemorlarning erta oʻlimi Har bir holat 20 Jami manfiy ballar - - Jami ballar (100 jami manfiy ballar ayirib tashlanadi)
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Patronaj tibbiyot hamshirasi faoliyati samaradorligini
baholash
T/r Koʻrsatkichlar Yuklama meʼyori Hisoblash usuli Bajarish, % Baholash I. Biriktirilgan aholi orasida kasalliklar profilaktikasi boʻyicha bajarilgan ishlar hajmini belgilovchi koʻrsatkichlar 1. Uy xoʻjaliklarining tibbiy ijtimoiy holatini oʻrganish (patronaj) Oyiga 144 ta xonadonga borish Xonadonlarga qatnovlar soni ----------------------------------- x 100 144 x egallagan stavka 85 — 100 15 72 — 84 10 55 — 72 5 55 dan kam 0 2. Yolgʻiz keksalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar va nogironlar patronaji Har bir yolgʻiz keksani, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs va nogironni oyda 1-marta borib koʻrish yolgʻiz keksalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga qatnovlar soni ----------------------------------- x 100 Biriktirilgan aholi orasida yolgʻiz keksalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslar soni 85 — 100 10 72 — 84 7 55 — 72 5 55 dan kam 0 II. Fertil yoshidagi ayollar, homilador ayollar va tuqqan ayollar orasida kasalliklar profilaktikasi boʻyicha bajarilgan ishlar hajmini belgilovchi koʻrsatkichlar 1. Homiladorlarni uyga borib koʻrish (patronaj) Homiladorlarni oyda 1-marta uyga borib koʻrish Homiladorlarning uyiga qatnovlar soni ----------------------------------- x 100 Hisobda turgan homilador ayollar soni 100 15 70 10 40 5 0 0 80 dan kam 15 2. Tuqqan ayollar patronaji (tuqqandan keyin 42 kun mobaynida) Tuqqan ayollarni 42 kun ichida 3-marta koʻrigi Tuqqan ayollarga qatnov soni ----------------------------------- x 100 Tuqqan ayollar son (0 — 42 kun ichida) x 2,14 100 15 75 10 62 5 62 dan kam 0 III. Bolalar orasida kasalliklar profilaktikasi boʻyicha bajarilgan ishlar hajmini belgilovchi koʻrsatkichlar 1. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarni uyga borib koʻrish 1 yoshgacha boʻlgan bolani oyda 1-marta uyga borib koʻrish 1 yoshgacha boʻlgan bolalarni uyga borib koʻrish soni ----------------------------------- x 100 1 yoshgacha bolalar soni 100 15 86 — 99,9 10 71 — 86 5 71 dan kam 0 2. Nogironligi boʻlgan bolalar patronaji Nogironligi boʻlgan bolani oyda 1-marta uyga borib koʻrish Nogironligi boʻlgan bolalarga qatnovlar soni ----------------------------------- x 100 Nogironligi boʻlgan bolar soni 100 15 70 — 80 10 50 5 0 0 IV. Bolalarni vaksinatsiya qilish boʻyicha bajarilgan ishlar hajmini belgilovchi koʻrsatkichlar 1. Vaksinatsiyadan keyin asoratlar va taʼsirni nazorat qilish Vaksinatsiyadan keyin 3 kun mobaynida patronajni taʼminlash Vaksinatsiyadan keyin 3 kun mobaynida patronaj bilan qamrab olingan bolalar soni ----------------------------------- x 100 Vaksinatsiya bilan qamrab olingan bolalar soni 95 15 90 — 95 10 80 — 90 5 80 dan kam 0 Jami musbat ballar - VI. Patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyati samaradorligini baholashning yakuniy natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi sifat koʻrsatkichlari (baholashining yakuniy koʻrsatkichlaridan olib tashlanadigan salbiy ballar ) 1. Patronaj tibbiyot hamshirasi faoliyatidan aholining shikoyatlari mavjudligi, tibbiy odob-axloq va deontologiyaning buzilishi Har bir holat - 30 2. Homiladorlarni kech muddatlarda (12 haftadan keyin) hisobga olish Hisobga kech olingan har bir holat - 20 3. Onalar oʻlimi holati Har bir holat - 20 4. Goʻdaklar oʻlimi holati (1 yoshgacha bola) Har bir holat - 20 Jami manfiy ballar Jami ballar (jami musbat ballar — jami manfiy ballar)
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini
baholash (patronaj tibbiyot hamshirasi bundan mustasno)
T/rKoʻrsatkichlarYuklama meʼyoriBallYakuniy ballBaholashning pirovard natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar 1.Aholi tomonidan vrach faoliyatiga shikoyatlarning mavjudligi, tibbiy odob-axloq va deontologiya qoidalarining buzilishi Har bir tasdiqlangan holat302.Yatrogeniya (bemorning salomatligiga zarar yetkazish) holatlarining mavjudligi Har bir tasdiqlangan holat303.Aseptika va antiseptika, sanitariya-gigiyenik talablarning buzilishi Har bir tasdiqlangan holat204.Dori vositalari, reaktivlar, tibbiy jihozlarni qayd qilish, saqlash, ishlatish va hisobdan chiqarish qoidalarini buzish Har bir holat20Jami manfiy ballarJami ballar (100 jami manfiy ballar ayirib tashlanadi)
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari faoliyati samaradorligini
baholash
T/r Koʻrsatkichlar Hisoblash usuli Bajarish, % Ball Toʻplangan ballar I. Tibbiyot xodimlari tomonidan funksional vazifalar bajarilishining miqdor koʻrsatkichlari 1. UAV funksional vazifalarining bajarilishi 6 oy mobaynida barcha UAV lar tomonidan toʻplangan ballar yigʻindisi ------------------------------------------- x 100 100 x jami UAVlar faoliyat koʻrsatgan oylar yigʻindisi 85 — 100 20 55-84 10 55 dan kam 0 2. Tor ixtisoslik vrachlari va boshqa oʻrta tibbiyot xodimlari funksional vazifalarining bajarilishi Patronaj tibbiyot hamshirasidan tashqari barcha tor ixtisoslik vrachlari va boshqa oʻrta tibbiyot xodimlarining jami toʻplagan ballari yigʻindisi ------------------------------------------- x 100 100 x Patronaj tibbiyot hamshirasidan tashqari barcha tor ixtisoslik vrachlari va boshqa oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyat koʻrsatgan oylari yigʻindisi 85 — 100 20 55 — 84 10 55 dan kam 0 3. Patronaj tibbiyot hamshiralari funksional vazifalarining bajarilishi 6 oy mobaynida barcha patronaj tibbiyot hamshiralari tomonidan toʻplangan ballar yigʻindisi ------------------------------------------- x 100 100 x patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyat koʻrsatgan oylar yigʻindisi 85 — 100 20 55 — 84 5 55 dan kam 0 II. Sifat koʻrsatkichlari: ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga kech tashxis qoʻyish, biriktirilgan aholiga qatnovlar dinamikasi 1. Biriktirilgan aholini borib koʻrish dinamikasi Hisobot davrida mijozlarning qatnovlari soni ------------------------------------------- x 100 Oʻtgan yilning hisobot davrida mijozlarni borib koʻrishlar soni 100 dan koʻp 10 90 — 100 2 90 dan kam 0 2. Biriktirilgan aholi orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash Hisobot davrida kasallikning 3-4 bosqichlarida aniqlangan bemorlar soni ------------------------------------------- x 100 Oʻtgan yilning hisobot davrida kasallikka 3-4 bosqichlarda tashxis qoʻyilgan bemorlar soni 95 dan kam 10 95 — 100 2 100 dan koʻp 0 3. Biriktirilgan aholi orasida sil kasalliklarini erta aniqlash Hisobot davrida kasallikka kech bosqichlarda tashxis qoʻyilgan silga chalingan bemorlar soni ------------------------------------------- x 100 Oʻtgan yilning hisobot davrida kasallikka kech bosqichlarda tashxis qoʻyilgan silga chalingan bemorlar soni 95 dan kam 10 95 — 100 2 100 dan koʻp 0 III. Biriktirilgan aholining salomatlik va kasallanishi koʻrsatkichlari 1. Aholining umumiy kasallanishi koʻrsatkichi Hisobot davrida umumiy kasallanish koʻrsatkichi ------------------------------------------- x 100 Oʻtgan yilning hisobot davrida umumiy kasallanish koʻrsatkichi 95 dan kam 10 95 — 100 5 100 dan koʻp 0 2. Aholining birlamchi kasallanishi koʻrsatkichi Hisobot davrida birlamchi kasallanish koʻrsatkichi ------------------------------------------- x 100 Oʻtgan yilning hisobot davrida birlamchi kasallanish koʻrsatkichi 95 dan kam 10 95 — 100 5 100 dan koʻp 0 3. Dispanser nazoratidagi bemorlarni sogʻlomlashtirish Hisobot davrida sogʻlomlashgani sababli dispanser nazoratidan chiqarilgan bemorlar soni ------------------------------------------- x 100 Oʻtgan yilning hisobot davrida sogʻlomlashgani sababli dispanser nazoratidan chiqarilgan bemorlar soni 100 dan koʻp 10 95 — 100 5 95 dan kam 0 4. Surunkali kasalligi bor bemorlarning dispanser nazorati Dispanserizatsiya rejasiga muvofiq vrach qabuliga kelgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni ------------------------------------------- x 100 Oʻtgan yilning dispanserizatsiya rejasiga muvofiq vrach qabuliga kelgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni 85 — 100 20 70 — 85 5 70 dan kam 0 Jami musbat ballar Ishning pirovard natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar 1. Aholining muassasa faoliyatiga shikoyatlari mavjudligi - Har bir tasdiqlangan holat uchun 3 2. Onalar oʻlimining mavjudligi - Har bir tasdiqlangan holat uchun 3 3. Goʻdaklar oʻlimining mavjudligi - Har bir tasdiqlangan holat uchun 2 4. Onkologik bemorlar kech bosqichlarda (3-4 darajalarda) birlamchi aniqlanishi - Har bir tasdiqlangan holat uchun 2 5. Silga chalingan bemorlarni hamda sil asoratlarini kech aniqlash - Har bir tasdiqlangan holat uchun 2 Jami salbiy ballar Jami ballar (jami musbat ballar — jami salbiy ballar)
Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1000-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
