“21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudini saylash — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son)
“21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudini saylash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son) · Sana: 14.09.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga saylash uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Senat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash toʻgʻrisidagi masalani oʻzining navbatdagi majlisida koʻrib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat aʼzolari ovozlarining yetarli sonini ololmasalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Senat koʻrib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senat koʻrib chiqishi uchun boshqa nomzodlar taqdim etiladi”;
2) 31-moddaning toʻqqizinchi qismidagi “Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 311-moddaning uchinchi qismidagi “Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
60-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Eksport nazorati toʻgʻrisida”gi 658–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda; 2006-yil, № 6, 258-modda) 8-moddasining birinchi qismidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” degan soʻzlar “Tashqi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
61-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 10-moddasining uchinchi qismidagi “Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
62-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning matnidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 14-moddaning uchinchi qismidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 16-moddaning uchinchi qismidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 17-moddaning birinchi va oʻninchi qismlaridagi “tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 20-moddaning toʻrtinchi qismidagi “tabiatni muhofaza qilish fondlarining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 40-moddaning beshinchi qismidagi “tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 41-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi “tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 48-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “tabiatni muhofaza qilish fondlari” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
63-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–60-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning 7-bandi chiqarib tashlansin;
2) 5-moddaning matnidagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 19-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonunlar loyihalarining matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun masʼul boʻlgan aniq davlat organlari koʻrsatiladi”;
4) 26-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Plenumida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
64-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–64-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshisidagi “xoʻjalik nizolarini” degan soʻzlar “iqtisodiy nizolarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning birinchi qismidagi “xoʻjalik nizolarini” degan soʻzlar “iqtisodiy nizolarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
65-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–76-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 1, 2-modda; 2008-yil, № 12, 634-modda) 14-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
birinchi qismidagi “ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish” degan soʻzlar “sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Davlat boshqaruvi organlari sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi berish, jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish tartibi, shuningdek tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
67-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–154-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 190-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazorat qilinishini tashkil etish;
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini, oʻzaro yaqin hamkorligini va uygʻun ishlashini taʼminlash maqsadida ularning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash, monitoring qilish va oshirish;
odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash, tekshirish, ularning oldini olish va ularga chek qoʻyish amaliyotini oʻrganish;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan tizimli kamchiliklarning sabablari hamda shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;
odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga doir ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
odam savdosining miqyosi, holati va xususiyatlari haqidagi axborotni toʻplash hamda tahlil qilish;
davlat organlari va tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashishda oʻzaro aloqada ishlashini yaxshilashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
odam savdosiga qarshi kurashishga oid axborotni toʻplash, saqlash, ishlovdan oʻtkazish, tahlil qilish, shuningdek tegishli davlat organlari va tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ushbu axborotdan foydalanish;
odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish ishlarini yaxshilash, odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
odam savdosiga qarshi kurashish masalalari haqida aholini xabardor qilishga doir tadbirlarni tashkil etish;
odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatuvchi va ularni himoya qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarning faoliyatiga rahbarlik qilish hamda bu faoliyatni nazorat qilish;
hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish”.
69-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–249-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 230-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
uchinchi xatboshisidagi “xoʻjalik” degan soʻz “iqtisodiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “xoʻjalik” degan soʻz “iqtisodiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning ikkinchi qismidagi “fuqarolik va xoʻjalik ishlari” degan soʻzlar “fuqarolik ishlari va iqtisodiy ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
70-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–263-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning uchinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarni” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 9-modda:
nomidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
hududiy komissiyalar ishini nazorat qiladi va yoʻnaltiradi, ularning faoliyati tahlilini amalga oshiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradi va tarqatadi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
davlat organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, ularning nazoratsizligi hamda huquqbuzarligi, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash hamda joylashtirish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganadi va umumlashtiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning profilaktikasi boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi, shuningdek ushbu tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz vakolatiga kiritilgan muammolarni hal etish bilan bogʻliq maqsadli dasturlar loyihalarini oʻrganadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikka, qarovsizlikka, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar tahlilini oʻtkazadi;
davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy sheriklikni va fuqarolik jamiyati institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻradi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirayotgan organlar hamda muassasalar faoliyatini oʻrganadi, bu faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning takliflarini koʻrib chiqadi”;
ikkinchi qismidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
4) 12-moddaning oltinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyani” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 14-modda:
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismining birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 16-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarni” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 21-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 24-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 26-moddaning ikkinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 28-moddaning:
birinchi qismidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 29-moddaning:
birinchi qismi birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 30-moddaning:
birinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 31-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
71-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–276-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 476-modda) 15-moddasining birinchi qismidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
73-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ–363-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda) 11-moddasi birinchi, ikkinchi qismlaridagi va toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
74-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 5-mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–369-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 127-modda) 13-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“amalga oshirilayotgan profilaktika tadbirlarining mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan materiallar, qonuniylikning holati va jinoyatchilikning darajasi haqidagi maʼlumotlar, sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda ularga chek qoʻyish chora-tadbirlari haqidagi axborot”.
75-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–371-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 36-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
76-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 25-sentabrda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–376-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 247-modda) 21-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari orqali, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Davlat boshqaruvi organlari sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish davlat buyurtmachilarining roʻyxati va faoliyatning mablagʻlar ajratish rejalashtirilayotgan yoʻnalishlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida oldindan eʼlon qilingan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash maqsadida davlat boshqaruvi organlari huzurida jamoatchilik kengashi tuziladi, ushbu kengash aʼzolarining yarmi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillaridan iborat boʻladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov gʻolibi loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga koʻra aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish tartibi, shuningdek tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
77-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 122-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 124-moddaning ikkinchi qismidagi “tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 368-moddaning ikkinchi qismidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” degan soʻzlar “Tashqi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
78-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudini saylash Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son). neolex.uz/uz/laws/law-3340556/21 (lex.uz/docs/-3340554)