“11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son) · Sana: 14.09.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
yer, yer osti boyliklarini, suv, oʻrmon, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarishda idoralararo hamkorlikni taʼminlashni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulk shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir”;
3) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekologik normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi”;
