Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (268-son)
26.06.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 109-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarori 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻllarni rivojlantirish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
temir yoʻllardan texnik foydalanish va yuk hamda yoʻlovchilar tashish shartlari boʻyicha normativ hujjatlarning bajarilishini taʼminlash”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 26-iyun,
268-son
