13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar boʻyicha real vaqt rejimida maslahatlar berish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-445-son) · Sana: 11.09.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida turli tarmoqlar va faoliyat sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etgan holda, murojaatlarga doir masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berish amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida real vaqt rejimida maslahat berish, bir tomondan, maslahatchilar oʻrtasida, shuningdek boshqa tomondan, oʻzini qiziqtiradigan masala yuzasidan tezkor tartibda axborot olish istagida boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida axborot ayirboshlash yoʻli bilan taʼminlanadi.
