8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-444-son) · Sana: 08.09.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida:
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishga hamda axborot mahsulotida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligini yoki mavjud emasligini, axborot mahsulotining bolalarning muayyan yosh toifasiga muvofiqligini yoki muvofiq emasligini aniqlash maqsadida uni ekspertizadan oʻtkazishga jalb etiladigan ekspertlarni akkreditatsiyadan oʻtkazishni amalga oshiradi va ularning reyestrini yuritadi;
axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi hollarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun koʻrsatmalar yuboradi;
axborot mahsulotiga ekspert xulosalarini taqdim etishga doir faoliyatni muvofiqlashtiradi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga uslubiy yordam beradi va koʻmaklashadi;
