Respublika mebel sanoatini monopoliyadan chiqarish va uni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (258-son)
20.06.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika mebel sanoatini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va uni boshqarishni takomillashtirish, mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bozorida raqobatni rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shu asosda mebel sanoati korxonalarining zamonaviylashtirilishini va texnika bilan qayta jihozlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. “Fayz” xolding kompaniyasiga xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli ulushlari boʻyicha olinadigan dividendlarni 5 yil mobaynida qaytarish asosida, maxsus hisob raqamlarida jamgʻarishga hamda mazkur mablagʻlarni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash va rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda qoldirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Qoʻshilgan dividendlar 2005-yildan boshlab, ikki yil mobaynida teng miqdorda yarim yillik ulushlar tarzida qaytarilsin.
6. “Al-Zaxira” taʼminot-savdo tashkiloti respublika mebel korxonalarini ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha yogʻoch xomashyosi va boshqa resurslar bilan taʼminlashga doir shartnomalarni bajarishni 2001-yil mobaynida tugallashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. “Fayz” xolding kompaniyasi 2002—2006-yillarda mebel sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, oʻz mablagʻlari va kredit resurslari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga mahalliylashtiruvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish dasturini, keyinchalik uni belgilangan tartibda respublika investitsiya dasturlariga kiritgan holda, uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Oʻzbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish va “Fayz” xolding kompaniyasini shakllantirish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekmebel” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 20-iyun,
258-son
