3-modda. Asosiy tushunchalar
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-443-son) · Sana: 07.09.2017 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
huquqiy axborot — normativ-huquqiy hujjatlarning, ularga oid rasmiy sharhlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirishlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilik qoʻllanilishi masalalari boʻyicha qarorlarining matnlari, shuningdek sud amaliyotini umumlashtirish materiallari;
huquqiy axborotdan foydalanish — huquqiy axborotni erkin olish va undan foydalanish imkoniyati;
huquqiy axborotni tarqatish — nomuayyan doiradagi shaxslarni huquqiy axborot bilan tanishtirishga qaratilgan harakatlar.
