23-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinganda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-443-son) · Sana: 07.09.2017 · Amalda
Agar normativ-huquqiy hujjat rasmiy nashrlarda eʼlon qilinganda uning matnida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, u holda nashrning eng yaqin sonida tegishli tuzatishlar eʼlon qilinadi.
Agar norasmiy nashrlarda normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilingan rasmiy manbadagiga qiyosan imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda noshir tomonidan respublika davriy nashrlarida (gazetalar, jurnallar va hokazolarda) yoki norasmiy nashrning keyingi sonida (chiqarilishida) tegishli tuzatishlar eʼlon qilinadi.
Agar qonunchilikning elektron maʼlumotlar bazalarida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular darhol bartaraf etilishi kerak.
