11-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda taʼlim muassasalarining ishtiroki
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-443-son) · Sana: 07.09.2017 · Amalda
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek tarkibida taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan huquqiy axborot bilan taʼminlanadi.
Taʼlim muassasalari:
oʻz faoliyatining yoʻnalishiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
taʼlim oluvchilarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini taʼminlaydi;
taʼlim oluvchilarning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborotni taqdim etadi.
Taʼlim muassasalari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.
