“559-modda. Surishtiruvni, dastlabki tergovni tamomlash va voyaga yetmagan shaxsni ish materiallari bilan tanishtirish
Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-442-son) · Sana: 06.09.2017 · Amalda
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga surishtiruv, dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib, unga ish materiallari koʻrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etishga haqli. Surishtiruvchi, tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
Surishtiruvchi, tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ish materiallarini tanishish uchun koʻrsatmaslik toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir”;
125) 564-moddaning birinchi qismi “komissiyada koʻrishga topshirishda” degan soʻzlardan keyin “surishtiruvchi” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
126) 566-moddaning ikkinchi qismi 3-bandidagi “mazkur shaxsning” degan soʻzlardan keyin “surishtiruv” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
127) 567-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy kasalligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy kasalligi toʻgʻrisida asosli shubha tugʻilgan boʻlsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi”;
128) 570-moddaning:
birinchi qismi “ishtirok eta olsa” degan soʻzlardan keyin “surishtiruvchi” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qoʻyilayotganini bilishga; koʻrsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega boʻlishga; sud muhokamasida qatnashishga; rad qilishga; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir”;
