3203-modda. Jinoyat ishini tergov qilish — Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-442-son)
3203-modda. Jinoyat ishini tergov qilish
Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-442-son) · Sana: 06.09.2017 · Amalda
Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi.
Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi.
Surishtiruv ushbu Kodeksning 3812-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Tergovi surishtiruv shaklida oʻtkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va toʻla oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Kodeksning 3815-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga koʻra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin”;
72) 321-moddaning matni “prokuror” degan soʻzdan keyin “va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
73) 322-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita oʻzi aniqlashi”;
74) 328-moddaning:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida”;
2-bandidagi “tergovchi” degan soʻz “surishtiruvchi, tergovchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
75) 329-moddaning:
birinchi qismidagi “bevosita yoxud surishtiruv organlari yordamida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi “ushlab turish” degan soʻzlardan keyin “ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qoʻyish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismidagi “surishtiruvchi yoki tergovchining” degan soʻzlar “surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
76) 330-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyatga oid maʼlumotlar olingan yoki bunday maʼlumotlar bevosita aniqlangan har bir holda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi”;
77) 331-moddaning:
birinchi qismi “prokuror” degan soʻzdan keyin “shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboriladi”;
78) 333-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi prokurorga yuboriladi.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishga, agar oʻziga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi masala qoʻyilayotgan shaxs yoki vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari bunga eʼtiroz bildirsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat aniqlangan taqdirda, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar darhol prokurorga yuboriladi”.
79) 334-moddaning birinchi qismidagi “surishtiruvchi” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
80) 336-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarilganidan keyin:
1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud oʻzi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi;
2) tergovchi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa dastlabki tergov organiga yoki ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra surishtiruv organiga yuboradi;
3) surishtiruvchi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa surishtiruv organiga yoki ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga yuboradi;
4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga oʻtkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli boʻlgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin”.
81) 337-moddaning:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ish qoʻzgʻatishni rad qilishga”;
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ayni vaqtda ish qoʻzgʻatishga haqlidir”;
82) 338-moddaning:
birinchi qismidagi “Surishtiruvchi yoki surishtiruv organi boshligʻining, tergovchining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Surishtiruvchining, surishtiruv organi boshligʻining” degan soʻzlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
83) 42-bob chiqarib tashlansin;
84) 345-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov oʻtkazilishi shart.
Jinoyat kodeksining 97 – 1031, 108, 116, 141 – 149, 175, 180 – 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1921 – 19211, 205 — 212, 215, 218 — 221, 230, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233 – 236, 2411–242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135, 137-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164–166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193–204-moddalarida, 213-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 214-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 216, 217, 222-moddalarida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243–245, 247–250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 251–2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256–258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 130-moddasi uchinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176, 178, 1863, 188, 1881, 2441, 2442, 2591-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 237–241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.
Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin.
Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 3812-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 3812-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi.
Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tergovning har tomonlama, toʻliq va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qatʼi nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga haqli:
1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan boʻlsa;
2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan boʻlsa;
3) aybsizligi ayon boʻlgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qoʻzgʻatilganda;
4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qoʻllanilganda;
5) tergovning natijalariga va ish boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda”;
85) 3481-moddaning uchinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 245, 341 va 351-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 245, 351 va 3817-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
86) 355-modda ikkinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish toʻgʻrisida topshiriqlar va koʻrsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov harakatlarini oʻtkazishda yordam berishni talab qiladi, oʻz topshiriqlari, koʻrsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi”;
87) 367-moddaning ikkinchi qismidagi “surishtiruv organi” degan soʻzlar “tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
88) quyidagi mazmundagi 461-bob bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 3203-modda. Jinoyat ishini tergov qilish Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-442-son). neolex.uz/uz/laws/law-3328286/3203 (lex.uz/docs/-3328284)