2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini oʻz muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3230-son)
21.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholini erta bahorda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻla qondirish, bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash uchun 2017-yil avgust-sentabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari hamda noyabr-dekabr oylarida sabzavot ekinlarining eksportbop va yuqori hosilli navlarini toʻqsonbosti usulida qisqa muddatlarda ekish, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish, ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1a — 1l-ilovalarga* muvofiq;
*1a — 1l-ilovalar berilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlari hajmlari hisob-kitobi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish, yetishtirish, yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinda — Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublika komissiyasi (Mirzayev) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tasdiqlangan 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda:
2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekiladigan maydonlarni shudgorlash, ekishga yer tayyorlash, ochiq maydonlar va bogʻ-tok qator oralariga ekish ishlarini tizimli tashkil etishni;
avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlarini erta bahorda oziqlantirish, sugʻorish, parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarning optimal muddatlarda bajarilishini nazorat qilish va monitoring yuritishni;
talab etiladigan yonilgʻi-moylash mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar va boshqa moddiy resurslarni oʻz vaqtida yetkazib berilishini, yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotishni, qilingan xarajatlarni qoplash ishlarini muvofiqlashtirib borishi;
avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlaridan olinadigan mahsulotlarga fermer xoʻjaliklari bilan eksport qiluvchi va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini, oldindan avans toʻlovlari va yakuniy toʻlovlarni amalga oshirilishini;
erta bahorda yetishtirilgan mahsulotlarni 2018-yilning mart oyidan boshlab ichki bozorlar va Toshkent shahar yarmarkalariga yetkazib berish boʻyicha reja-jadvallarni ishlab chiqish hamda ularni bajarilishini nazorat qilishni;
har oyda ikki marta avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni sifatli qilib ekish, yetishtirish, ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tanqidiy muhokama qilib borishni taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha vazirliklar va idoralardan hamda respublika tijorat banklaridan biriktirilgan ishchi guruh tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:
a) joriy yilning 25-avgustiga qadar hududlarning tuproq-iqlim, suv taʼminoti sharoitlarini inobatga olgan holda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekin turlarini fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida joylashtirilishini tuman hokimi qarori bilan tasdiqlash;
b) ekinlardan boʻshagan maydonlarni tozalash va yer tayyorlashni tashkil qilish, ekin turlarini fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida joylashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida;
v) avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlar toʻqsonbosti ekinlarni ekish va parvarishlash ishlarini moddiy-texnika resurslari, shu jumladan urugʻlik, mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash mahsulotlari bilan taʼminlash masalalarini muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida ishchi guruhlar tashkil etish:
2017-yil 25-avgustgacha fermer va dehqon xoʻjaliklariga yuqori sifatli urugʻliklarni dorilangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan taqdirda kamida 50 foiz haqini oldindan toʻlash sharti bilan yetkazib berilishini taʼminlash;
2017-yil 10-sentabrgacha fermer xoʻjaliklari bilan Toshkent shahar yarmarkalari, tayyorlov va eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarga shartnoma qiymatining 40 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans mablagʻlarini toʻlab berish choralarini koʻrish vazifalari yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2017-yilning 10-sentabriga qadar fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan ulgurji xaridorlar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzilishini yakunlash va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan ulgurji xaridorlar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan tizimli nazorat olib borsin.
7. Avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni toʻliq hajmlarda ekilishi, koʻzlangan hosilni olinishi, yetishtirilgan mahsulotni belgilangan maqsadlarga ishlatilishiga Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
8. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlari uchun respublikada yetishmaydigan urugʻliklarni xorijdan olib kelish va belgilangan tartibda joylarga yetkazib berilishini taʼminlasin.
9. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga oʻn kun muddatda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekish uchun talab etiladigan yonilgʻi-moylash mahsulotlari va mineral oʻgʻitlarni davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalariga yetkazib beriladigan narxlarda yetkazib berish vazifasi yuklansin.
Ekinlarni ekish va ularni parvarishlash uchun yonilgʻi-moylash mahsulotlari respublikada shakllangan narxlarga 10 foizgacha ustama qoʻyilishi orqali taʼminlab berilishiga rozilik berilsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekish va uning agrotexnikasini amalga oshirish uchun talab etiladigan kreditlarni mahsulot yetishtiruvchi va xarid qiluvchi tashkilotlarga bir oy muddatda ajratilishini tashkil etsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joriy yilning 25-avgustigacha avgust piyozi va sarimsoqpiyoz, 10-noyabrgacha toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish hamda agrotexnikasi boʻyicha koʻrgazmali — amaliy oʻquv-seminari oʻtkazishni;
bir oy muddatda respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ochiq maydonlarga, bogʻ va tok qator oralariga avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari navlari boʻyicha joylashtirish, ekish va parvarishlash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqsin va ularni joylarga yetkazilishini tashkil etsin.
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish boʻyicha ilgʻor tajribalar va uning iqtisodiy samarasi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
13. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish ishlarini doimiy monitoringini yuritgan holda, toʻliq ekilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin hamda 2017-yil 25-dekabriga qadar fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida instrumental oʻlchovdan oʻtkazsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-avgust,
PQ-3230-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz
KOʻRSATKICHLARI
gektar Hududlar nomi Jami ekiladigan ekin maydon Shu jumladan: Ochiq maydon Bogʻ qator orasi Tok qator orasi avgust-sentabr oyi toʻqsonbosti (noyabr-dekabr) jami shundan jami shundan piyoz sarimsoqpiyoz piyoz sarimsoqpiyoz sabzi osh lavlagi koʻkatlar shundan karam (gulkaram, brokoli) koʻkpiyoz sedana ukrop kashnich petrushka aysberg (salat) rukollo Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2084 2084 1884 200 1194 800 90 viloyatlar: Andijon 21390 7476 616 6860 13914 8171 834 568 4255 1532 1872 638 213 86 13425 6985 980 Buxoro 5200 659 502 158 4541 3213 1328 4699 327 175 Jizzax 4840 1179 336 843 3661 593 133 2 2697 1889 270 539 145 91 3430 1100 310 Qashqadaryo 33494 2115 1630 485 31379 1139 383 16955 4473 4411 1165 1323 1522 200 201 1750 1990 280 17000 10445 6050 Navoiy 3360 185 109 76 3176 2542 87 357 180 10 5 3 3 2040 861 460 Namangan 25019 3387 364 3023 21632 2152 796 1541 1207 12036 12036 2676 1224 10769 11726 2524 Samarqand 23340 3459 1653 1806 19881 4146 1966 1157 3836 3120 456 112 127 20 1400 7377 11643 6375 5322 Surxondaryo 31280 9018 7717 1301 22262 4709 2412 9209 4144 3108 1940 8 9 5010 922 22880 6230 2170 Sirdaryo 5124 1125 1125 3999 1700 2299 805 920 575 1975 2974 175 Toshkent 33548 4868 2465 2403 28680 2617 1738 3938 4629 9106 4553 2732 728 911 182 2003 4651 26976 4832 1740 Fargʻona 25745 8200 7400 800 17545 7700 2545 1300 275 4150 1245 1245 830 830 200 1375 7374 16400 1971 Xorazm 3864 3864 2459 1405 1382 2362 120 Jami 218288 47619 27135 20484 170669 33972 6876 31732 14901 52008 30492 11928 6887 2288 412 10507 19167 1504 124786 71417 22086
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining prognoz
KOʻRSATKICHLARI
ming tonna Hududlar nomi Jami yetishtiriladigan mahsulotlar shu jumladan: piyoz sarimsoqpiyoz sabzi osh lavlagi koʻkatlar karam (gul karam,brokoli) koʻk piyoz sedana Qoraqalpogʻiston Respublikasi 40,0 38,1 1,9 viloyatlar: Andijon 374,4 241,7 72,0 18,3 8,9 32,8 0,8 Buxoro 106,0 91,4 14,6 Jizzax 55,8 23,2 8,2 2,5 0,0 18,9 2,3 0,7 Qashqadaryo 509,8 73,4 8,3 298,4 60,9 32,2 23,8 12,4 0,4 Navoiy 74,4 65,2 1,5 5,7 1,9 0,1 Namangan 266,6 67,9 39,3 31,0 16,0 90,3 20,2 1,8 Samarqand 382,1 161,2 19,3 39,9 18,5 30,7 32,2 80,3 Surxondaryo 578,5 212,2 13,5 92,3 50,9 75,5 125,2 8,8 Sirdaryo 68,1 41,5 10,6 16,1 Toshkent 526,2 137,2 44,7 79,9 100,9 69,2 44,1 50,2 Fargʻona 514,3 401,7 35,1 24,2 4,5 33,6 4,4 10,8 Xorazm 65,3 51,6 13,6 Jami 3 561,4 1 606,2 282,8 592,1 262,5 399,3 232,0 184,3 2,2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz, toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlar hajmlari
HISOB-KITOBI
Hududlar nomi Urugʻlik Azotli mineral oʻgʻitlar (sof xolda) Fosforli mineral oʻgitlar (sof xolda) Kaliyli mineral oʻgitlar (sof xolda) NPK (murakkab oʻgit sof xolda) YOMM Talab qilinadigan mablagʻ, mln. soʻm miqdori, tonna qiymati, mln. soʻm miqdori, tonna qiymati, mln. soʻm miqdori, tonna qiymati, mln. soʻm miqdori, tonna qiymati, mln. soʻm miqdori, tonna qiymati, mln. soʻm miqdori, tonna qiymati, mln. soʻm jamn shundan oʻz mablagʻi bank krediti Qoraqalpogʻiston Respublikasi 223 2557 176 458 96 422 27 33 48 62 104 340 3871 3871 viloyatlar: Andijon 7075 108670 1807 4699 984 4329 278 334 492 640 1252 4088 122760 114491 8269 Buxoro 1546 8792 594 1544 323 1422 91 110 162 210 351 1147 13226 9366 3860 Jizzax 886 22138 409 1063 223 980 63 75 111 145 74 242 24643 15487 9156 Qashqadaryo 588 44115 2830 7359 1541 6779 435 523 770 1002 2010 6562 66339 26533 39806 Navoiy 193 2575 590 1534 321 1413 91 109 161 209 404 1320 7159 7159 Namangan 3930 34980 2114 5497 1151 5064 325 390 575 748 1001 3268 49947 25454 24493 Samarqand 2367 12021 1972 5128 1074 4724 303 364 537 698 1652 5394 28329 14903 13426 Surxondaryo 2502 87585 2643 6872 1439 6331 407 488 719 935 1939 6332 108543 98199 10344 Sirdaryo 1225 12493 433 1126 236 1037 67 80 118 153 436 1422 16311 5846 10465 Toshkent 4376 38948 2835 7371 1543 6790 436 523 772 1003 1508 4924 59559 20852 38707 Fargʻona 2178 24833 2175 5656 1184 5211 335 402 592 770 1327 4333 41204 32085 9119 Xorazm 1444 21598 327 849 178 782 50 60 89 116 162 530 23935 14361 9574 Jami 28534 421304 18906 49155 10292 45285 2909 3490 5146 6690 1222 1 39900 565824 388606 177219
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga 4-ILOVA
2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish, yetishtirish, yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
1. Mirzayev Z.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisi 2. Sunnatov U.J. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari 3. Vaxabov A.Dj. — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari 4. Ravshanov A.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-gahlil departamenti mudiri 5. Xamrayev Sh.R. — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari 6. Abdullayev A.X. — Davergeodezkadastr raisi 7. Atabayev Sh.X. — Markaziy bank raisining oʻrinbosari 8. Mirusmanov B.M. — Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 9. Raximov Sh.N. — “Oʻzvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyati raisi 10. Axunov U.A. — “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati raisi 11. Fayziyev M.Yu. — “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati raisi 12. Jalilov T.A. — “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi 13. Fayziyev Z.O. — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi 14. Abdullayev A.A. — “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati raisi 15. Otajonov N.Q. — “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati raisi 16. Hakimov M.A. — “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori oʻrinbosari 17. Lavozimi boʻyicha — tijorat banklari rahbarlari 18. Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz xamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha vazirliklar va idoralardan hamda respublika tijorat banklaridan biriktirilgan Ishchi guruh
TARKIBI
T/r Hududlar nomi Hududlarga biriktirilgan vazirlik va idoralar Hududlarga biriktirilgan respublika tijorat banklari ismi, familiyasi lavozimi ismi, familiyasi lavozimi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi A. Abdullayev “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi S. Xodjayev “Agrobank” boshqaruvi raisi 2. Andijon A. Sulaymonov “Oʻzmeliomashlizing” DLK direktori A. Abdullayev Xalq bank boshqaruvi raisi 3. Buxoro T. Jalilov “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi O. Musayev “Ipoteka-bank” boshqaruvi raisi 4. Jizzax A. Kamalov “Oʻzpaxtasanoateksport” XK raisi Sh. Ataboyev Markaziy bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari 5. Qashqadaryo S. Xaydarov “Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi raisi Q. Mullajonov “Asaka-bank” boshqaruvi raisi 6. Navoiy B. Yusupov Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi v.b. Ch. Mirzayev “Turon-bank” boshqaruvi raisi 7. Namangan Sh. Teshayev Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari R. Mamatqulov “Agrobank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari 8. Samarqand T. Safarov Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Gʻ. Mamatqulov “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi 9. Surxondaryo A. Vaxabov Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari S. Xolmurodov “Oʻzmilliybank” boshqaruvi raisi 10. Sirdaryo U. Axunov “Oʻzagrokimyohimoya” AJ raisi A. Mirsoatov “Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi 11. Toshkent B. Sulaymonov Toshkent Davlat Agrar universiteti rektori J. Egamberdiyev “Aloqa bank” boshqaruvi raisi v.b. 12. Fargʻona V. Djurayev “Oʻzpaxtayogʻ” AJ raisi U. Matkarimov “Oʻzmilliybank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari 13. Xorazm Sh. Raximov “Oʻzvinosanoat-xolding” XK raisi R. Qosimov “Asaka-bank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
