“7-modda. Vakilning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-441-son) · Sana: 29.08.2017 · Amalda
Vakilning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida har yili eshitiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, oʻz majlisida Vakilning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitadi.
Vakilning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida eshitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vakilning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar va deputatlar guruhlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Vakilning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar Vakilga yuboriladi”;
3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
