44-modda. Nazorat predmeti
Prokuratura toʻgʻrisida (746-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Nazorat predmetini:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalarda shaxslarni saqlash qay darajada qonuniy ekanligi;
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni oʻtash, boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarni saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar, shuningdek boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquqlari va majburiyatlariga rioya etilishi qay darajada taʼminlanayotganligi;
jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qoʻllaydigan organlar va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi tashkil etadi.
