Prokuratura toʻgʻrisida (746-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonunning buzilish mazmunidan kelib chiqqan holda jinoiy ish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi yoki intizomiy huquqbuzarlikka doir ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida asosli qaror chiqaradi. Qonunda koʻzda tutilgan oʻzga hollarda ham prokuror qaror chiqaradi.
Intizomiy yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokuror qarori idora yoki aniq mansabdor shaxs tomonidan bu qaror tushgan kundan boshlab kechi bilan oʻn besh kunlik muddat ichida qarab chiqilishi shart. Qarab chiqilish natijalari toʻgʻrisida prokurorga zudlik bilan yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-31452
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 26-modda. Prokurorning qarori Prokuratura toʻgʻrisida (746-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-33203/26 (lex.uz/docs/-31452)