13-modda. Prokurorlarni tayinlash va ularning hisobdorligi
Prokuratura toʻgʻrisida (746-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan xolda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadi va ular oldida hisobdordir.
Viloyat prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, unga boʻysinadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, yuqori pogʻonadagi prokurorlar va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysinadilar hamda ular oldida hisobdordirlar.
