Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-438-son)
25.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 1-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-avgust,
OʻRQ-438-son
