Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-437-son)
25.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-avgust,
OʻRQ-437-son
