6-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlari
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida (822-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Telekommunikatsiya tarmoqlari belgilangan maqsadiga koʻra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga boʻlinadi.
Telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq toʻlashning tartibi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻi umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻida telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish qoidalari telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish va maxsus ehtiyojlari uchun moʻljallangan, ularning ixtiyorida boʻlgan va ular tomonidan foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari boshqa foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlari jumlasiga foydalanuvchilarning muayyan doirasiga xizmatlar koʻrsatish uchun yuridik shaxslarning tijorat maqsadlarida yaratgan telekommunikatsiya tarmoqlari kiradi.
Idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish qoidalari ushbu telekommunikatsiyalarning operatorlari yoki provayderlari tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
