Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qarori) (647-son)
19.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston elektr energetika, neft-gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 13-iyundagi 116-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-avgust,
647-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi ““Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti” soʻzlari “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “UorliParsons Oʻzbekiston Injiniring” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 31-martdagi 95-son qarorida:
a) 2-banddagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti” va “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining” soʻzlari tegishli ravishda “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti” va “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-banddagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining” soʻzlari “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 1-modda):
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti” soʻzlari “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
9-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti” soʻzlari “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning yettinchi jumlasidagi ““Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti” soʻzlari “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 6-modda):
a) 1-ilovaning 4-bandidagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” DUK” soʻzlari “OʻzInjiniring” RLI” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovaning 1-bandidagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” DUK” va “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “OʻzInjiniring” RLI” va “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
