2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2843-1-son)
17.08.2017
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2843-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2016-yil 1-noyabrdagi 3-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2843, 2016-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 553-modda)bilan tasdiqlangan 2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-avgust,
4-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 10-avgustdagi 4-mb-son qaroriga ILOVA
2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-son ilova ushbu oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq yangi tahrirda bayon etilsin.
2. 4, 5, 6, 15, 19, 25, 42, 47, 84, 86 va 93-son ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
Transportda yuk tashish (uzatish) tariflari toʻgʻrisida hisobot (3-ilova)
