Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (246-son)
05.06.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 4-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar roʻyxati II boʻlimining 6-bandi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-iyun,
246-son
