Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-3194-son)
10.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent viloyatining boy tabiiy-iqtisodiy, mineral-xom ashyo, ilmiy-texnikaviy va mehnat salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarishlar va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va shu asosda yangi ish oʻrinlarni yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyatida 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Toshkent viloyati hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur qarorning 1-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki:
KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulklari tadbirkorlik subyektlariga, biznes-rejani bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, soliqlarning barcha turlarini va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash shartlari bajarilgan taqdirda mulk huquqini taqdim etgan holda, uzoq muddatli ijaraga 10 yil muddatga beriladi;
KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanishda ijara haqi nol stavkada belgilanadi;
KSZ hududida yer uchastkalarini ajratish elektron onlayn auksion orqali amalga oshiriladi;
KSZ hududida joylashgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. Gʻulomov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari M. Azimov, iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari S. Bekenov, Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari M. Abdurahmonov zimmasiga Toshkent viloyatida KSZ barpo etish va ularning faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda:
1-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZlarini barpo etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;
zarur hollarda Toshkent viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi KSZ direksiyasini tashkil etsin.
KSZ direksiyasi tashkil etilmagan taqdirda, KSZ doirasida shartnomalar tuzish va boshqa tartib-taomillarni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatlar tuman (shahar) hokimiga yuklatiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qarori bilan Toshkent shahri kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga taqdim etilgan soliq imtiyozlari Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga tatbiq etilsin.
8. Belgilansinki:
KSZga ajratilgan qism chegarasigacha uning zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligining budjeti mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
kichik sanoat zonalari tarkibiga ularning hududida joylashgan yoki tutash boʻlgan xususiy mulk obyektlari oʻz biznes-rejalarini taqdim etgan holda va ular asosida loyihalarni amalga oshirish sharti bilan kiritilishi mumkin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov) manfaatdor vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda bir oy muddatda:
foydalanilmayotgan tegishli davlat mulki obyektlarini Toshkent viloyati hokimligi tasarrufiga oʻtkazishni;
tarkibida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushini topshirilayotgan aktivlarning baholash qiymati summasiga tegishlicha kamaytirgan holda Toshkent viloyati hokimligi tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha tashabbuslar koʻrib chiqilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
10. “Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻztransgaz” AK (A. Mustafoyev) rahbarlari va Toshkent viloyati hokimligi (Sh. Boboyev) zimmasiga KSZ ishtirokchilarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi, tabiiy gaz (resurs va transport imkoniyatlarini hisobga olgan holda) va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafoyev) ikki oy muddatda Toshkent viloyati KSZlarida amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 50 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochsin.
Belgilansinki:
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyasi mablagʻlari import uskunalar va butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun ajratiladi;
Kreditlarni soʻndirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soʻndirish sanasidagi kursi boʻyicha milliy valyutada, toʻlov jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Boboyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Sh.A. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-avgust,
PQ-3194-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari (KSZ)
ROʻYXATI
T/r Tashkil etilayotgan KSZ nomi KSZning joylashgan joyi Hudud* (ga) KSZga birikitirilgan tijorat banklari 1. Bekobod shahar KSZ “Bekobodyoʻlsanoat” ishlab chiqarish korxonasi maydoni 36,8 TIF Milliy bank 2. Bekobod tumani KSZ Sobiq taʼmirlash-mexanika korxonasining garaji binosi 3 3. Ohangaron tumani KSZ Sobiq “Oʻzbekiston” jamoa xoʻjaligining garaji bino va inshootlari 2,2 “Ipotekabank” ATIB 4. Olmaliq shahar KSZ Sobiq DSKning ishlab chiqarish maydoni 7,2 5. Yuqori Chirchiq tumani KSZ Tuman shifoxonasi akusher majmuasining sobiq tugʻuruq boʻlimi binosi 2,5 6. Yangiyoʻl tumani KSZ “2503-Yangiyoʻl avtokolonnasi” 5,6 “Qishloq qurilishbank” ATB 7. Angren shahar KSZ Sobiq “Rezinatexnika” AJning qozonxona binosi 1,5 8. Oqqoʻrgʻon tumani KSZ “Oqqoʻrgʻon MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari 2,4 “Agrobank” ATB 9. Oʻrta Chirchiq tumani KSZ “Toshkent temir-beton buyumlar zavodi” MCHJ bino va inshootlari 10,0 10. Quyi Chirchiq tumani KSZ “Doʻstobod tajriba mexanika zavodi” MCHJ bino va inshootlari 3,7 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 11. Chirchiq shahar KSZ Qurilishi tugallanmagan “Suvoqava” DUK obyekt 3,4 “Chirchiqselmash” zavodi ishlab chiqarish maydonining bir qismi 17,4 12. Boʻka tumani KSZ “Boʻka MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari 2,3 “Savdogarbank” AK 13. Pskent tumani KSZ “Pskent MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari 4,7 AKB “Mikrokreditbank” 14. Boʻstonliq tumani KSZ “Gʻazalkent-oyna” AJning bino va inshootlari 14,4 “Oʻzenergoindustriya” DBning bino va inshootlari 9,55 15. Qibray tumani KSZ Qurilishi tugallanmagan sanatoriy –profilaktoriy binosi 3,4 Asakabank 16. Parkent tumani KSZ “Parkent MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari 4,0 17. Chinoz tumani KSZ “Qishloq xoʻjalik mahsulot taʼminot bazasi” DUKning foydalanilmayotgan bino va inshootlari 6,15 Xalq bank
* Davergeodezkadastr, Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlik kiritilishi lozim.
