“Dorixona va tibbiyot muassasalarida tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida (996-2-son)
09.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 996-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2000-yil 14-dekabrdagi 635-son “Dorixona va tibbiyot muassasalarida tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 996, 2000-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 24-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-avgust,
104-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 3-avgustdagi 104-son buyrugʻiga ILOVA
“Dorixona va tibbiyot muassasalarida Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning nomidagi hamda 4-banddagi “Dorixona va tibbiyot muassasalarida” degan soʻzlar “Tibbiyot muassasalari va dorixonalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tramadol dori vositasi giyohvandlik vositalari roʻyxatidan chiqarilganligi munosabati bilan uni tibbiyot muassasalari va dorixonalarda saqlash, hisobini olib borish, berish hamda ushbu dori vositasidan belgilangan maqsadlarda foydalanishni toʻgʻri tashkil etish maqsadida buyuraman:”.
3. 1-bandda:
birinchi xatboshidagi hamda 1.6-kichik banddagi “Dorixona va tibbiyot muassasalarida” degan soʻzlar “Tibbiyot muassasalari va dorixonalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1.1 va 1.2-kichik bandlardagi “dorixona va tibbiyot muassasalarida” degan soʻzlar “tibbiyot muassasalari va dorixonalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1.3 va 1.5-kichik bandlardagi “Dorixona muassasalarida” va “dorixona muassasasida” degan soʻzlar tegishlicha “Dorixonalarda” va “dorixonada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 3-banddagi “Dorixona muassasalarida” degan soʻzlar tegishlicha “Dorixonalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
