Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3168-son)
01.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5116-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari 3 — 4-ilovalarga muvofiq;
davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 11 903 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 257 nafar etib belgilansin, shundan 11 828 nafari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, 75 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisiga:
zarur hollarda davlat soliq xizmati organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga oʻzgartishlar kiritish;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomni;
tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Maxsus jamgʻarmaga ajratmalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
4. Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga oʻzgartishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-avgust,
PQ-3168-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
TAShKILIY TUZILMASI
* Xoʻjalik hisobidagi idoraviy muassasalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 257 shtat birligidan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami shtat birliklari 77 — 156 tani tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1 302 birlikdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 4-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami shtat birliklari 16 — 210 tani tashkil etadi.
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 10 344 birlikdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 5-ILOVA
Davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
T/r Davlat soliq xizmati organlari Davlat soliq xizmati organlari xodimlari cheklangan soni Shundan: davlat soliq boshqarmalari tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 613 88 525 2. Andijon viloyati 873 91 782 3. Buxoro viloyati 722 89 633 4. Jizzax viloyati 500 77 423 5. Qashqadaryo viloyati 739 85 654 6. Navoiy viloyati 445 77 368 7. Namangan viloya�i 727 85 642 8. Samarqand viloyati 973 97 876 9. Surxondaryo viloyati 608 84 524 10. Sirdaryo viloyati 503 81 422 11. Toshkent viloyati 1 238 112 1 126 12. Fargʻona viloyati 1 181 96 1 085 13. Xorazm viloyati 669 84 585 14. Toshkent shahar 1 855 156 1 699 Jami 11 646 1 302 10 344
* Xoʻjalik hisobidagi tuzilmalar hisobga olinmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim
qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorining 2, 4 va 5-bandlari hamda uning 1, 3, 5 va 6-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 15-yanvardagi PQ-1261-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 25-fevraldagi PQ-1290-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish toʻgʻrisida” 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-son qarori.
