“Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2399-2-son)
28.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2399-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2399, 2012-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 45-son, 518-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 8-oktabrdagi 38-son “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2399-1, 2015-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 44-son, 567-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-iyul,
99-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 24-iyul
