“Zomin-farm” Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo” Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boʻstonliq-farm” Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (542-son)
25.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PF-5032-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda direksiyalar deb ataladi) davlat unitar korxonalarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengash) direksiyalarning tasdiqlangan tuzilmasiga va xodimlari soniga investitsiyalar hajmiga va “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Sirdaryo”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari soniga bogʻliqlik asosida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalari ustavlari ushbu qarorga 2 — 5, 7 va 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari Direksiyalarni bepul foydalanish huquqi bilan zarur xizmat xonalari bilan taʼminlasinlar.
4. “Oʻzfarmsanoat” DAK asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2017-2018-yillar davrida direksiyalarni saqlab turish uchun, keyingi yillarda ularning oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtishi sharti bilan, zarur mablagʻlar ajratsin.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ bosh rejalari belgilangan tartibda tasdiqlanishiga qarab ularning hududlarida logistika markazlari va bojxona postlarini tashkil etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-iyul,
542-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga 1-ILOVA
“Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari direksiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 3 nafar.
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-son Farmoniga muvofiq, “Sirdaryo” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi boshqaruv xodimlari soni 5 nafar etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga 3-ILOVA
““Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. ““Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi bilan unga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga va mol-mulkning belgilangan maqsadiga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — ““Zomin-farm” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — ““Zomin-farm” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Zomin-farm””;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Zomin-farm””;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Zaamin-farm”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Zaamin-farm”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Jizzax viloyati, Zomin tumani, Zomin shahri, Mustaqillik koʻchasi, 32-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Zomin-farm” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Zomin-farm” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Zomin-farm”EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Zomin-farm” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Zomin-farm” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Zomin-farm” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Zomin-farm” EIZ hududida “Zomin-farm” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Jizzax viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Zomin-farm” EIZ hududida investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar, “Zomin-farm” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Zomin-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Zomin-farm” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarorlari bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
dorivor oʻsimliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Zomin-farm” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Zomin-farm” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Zomin-farm” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Zomin-farm” EIZ faoliyatini operativ boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Zomin-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Zomin-farm” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
16. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Zomin-farm” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Zomin-farm” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Zomin-farm” EIZning Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda “Zomin-farm” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Zomin-farm” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 300 mln soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga qoʻyish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno) aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno);
davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Zomin-farm” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirilishi tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
35. Muassis oʻz qarori bilan oʻzga yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Respublika kengashi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javob beradi.
41. Direksiya Muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda Direksiya faoliyatining toʻxtatilishiga sabab boʻladi.
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga 4-ILOVA
““Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. ““Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi bilan unga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga va mol-mulkning belgilangan maqsadiga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — ““Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — ““Kosonsoy-farm” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Kosonsoy-farm””;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Kosonsoy-farm””;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Kasansay-farm”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Kasansay-farm”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, A.Raximov koʻchasi, 57-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Kosonsoy-farm” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Kosonsoy-farm” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Kosonsoy-farm” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Kosonsoy-farm” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Kosonsoy-farm” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Kosonsoy-farm” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Kosonsoy-farm” EIZ hududida “Kosonsoy-farm” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Namangan viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Kosonsoy-farm” EIZ hududida investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar, “Kosonsoy-farm” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Kosonsoy-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Kosonsoy-farm” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarorlari bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Kosonsoy-farm” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
dorivor oʻsimliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Kosonsoy-farm” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Kosonsoy-farm” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Kosonsoy-farm” EIZ faoliyatini operativ boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Kosonsoy-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Kosonsoy-farm” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
16. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Kosonsoy-farm” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Kosonsoy-farm” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Kosonsoy-farm” EIZning Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda “Kosonsoy-farm” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Kosonsoy-farm” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 300 mln soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga qoʻyish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno) ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno);
davlat korxonasi maqsadlariga muvofiq boʻlmagan mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Kosonsoy-farm” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirilishi tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
35. Muassis oʻz qarori bilan oʻzga yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Respublika kengashi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javob beradi.
41. Direksiya Muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda Direksiya faoliyatining toʻxtatilishiga sabab boʻladi.
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga 5-ILOVA
““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi bilan unga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga va mol-mulkning belgilangan maqsadiga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — ““Sirdaryo” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Sirdaryo””;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Sirdaryo””;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi – “Directorate of free economic zone “Sirdarya”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi – “Directorate of FEZ “Sirdarya”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 98-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Sirdaryo-farm” va “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi oʻrinlarda “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ ni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Sirdaryo viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarorlari bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
dorivor oʻsimliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ faoliyatini operativ boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ mustaqil budjeti va “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
16. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Sirdaryo-farm” EIZni va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Sirdaryo-farm” EIZni va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Sirdaryo-farm” EIZning va “Sirdaryo” EIZning Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda “Sirdaryo-farm” EIZning va “Sirdaryo” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 300 mln soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga qoʻyish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno);
davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirilishi tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
35. Muassis oʻz qarori bilan oʻzga yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Respublika kengashi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javob beradi.
41. Direksiya Muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda Direksiya faoliyatining toʻxtatilishiga sabab boʻladi.
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga 7-ILOVA
““Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. ““Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi bilan unga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga va mol-mulkning belgilangan maqsadiga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — ““Bostonliq-farm” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — ““Bostonliq-farm” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Bustonlik-farm””;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Bustonlik-farm””;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Bostanlik-farm”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Bostanlik-farm”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent shahri, Mustaqillik koʻchasi, 14-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Boʻstonliq-farm” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Boʻstonliq-farm” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Boʻstonliq-farm” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Boʻstonliq-farm” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Boʻstonliq-farm” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Boʻstonliq-farm” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Boʻstonliq-farm” EIZ hududida “Boʻstonliq-farm” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Toshkent viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Boʻstonliq-farm” EIZ hududida investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar, “Boʻstonliq-farm” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Boʻstonliq-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Boʻstonliq-farm” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
dorivor oʻsimliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Boʻstonliq-farm” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Boʻstonliq-farm” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Boʻstonliq-farm” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Boʻstonliq-farm” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Boʻstonliq-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Boʻstonliq-farm” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
16. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Boʻstonliq-farm” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Boʻstonliq-farm” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Boʻstonliq-farm” EIZning Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda “Boʻstonliq-farm” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Boʻstonliq-farm” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 300 mln soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga qoʻyish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno) ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno);
davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Boʻstonliq-farm” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirilishi tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
35. Muassis oʻz qarori bilan oʻzga yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Respublika kengashi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javob beradi.
41. Direksiya Muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi.
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga 8-ILOVA
““Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. ““Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi bilan unga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga va mol-mulkning belgilangan maqsadiga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — ““Parkent-farm” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — ““Parkent-farm” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Parkent-farm””;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Parkent-farm””;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Parkent-farm”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Parkent-farm”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent viloyati, Parkent tumani, Parkent shahri, A.Navoiy koʻchasi, 5-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Parkent-farm” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Parkent-farm” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Parkent-farm” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Parkent-farm” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Parkent-farm” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Parkent-farm” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Parkent-farm” EIZ hududida “Parkent-farm” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Toshkent viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Parkent-farm” EIZ hududida investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar, “Parkent-farm” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Parkent-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Parkent-farm” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
dorivor oʻsimliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Parkent-farm” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Parkent-farm” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Parkent-farm” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Parkent-farm” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Parkent-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Parkent-farm” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
16. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Parkent-farm” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Parkent-farm” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Parkent-farm” EIZning Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda “Parkent-farm” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Parkent-farm” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 300 mln soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga qoʻyish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno);
davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Parkent-farm” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;