Uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini va uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida (454-son)
04.10.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
— Uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tegishli normativ hujjatlar bilan taʼminlashda hamda ularning huquqiy hujjatlari toʻgʻri rasmiylashtirilishida zarur yordam koʻrsatsin.
3. Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili budjetni shakllantirishda uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal tuzatish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 4-oktabr,
454-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-oktabrdagi 454-son qaroriga 2-ILOVA
Uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
Mazkur Nizom uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishning namunaviy tartibini belgilaydi. Joylardagi davlat hokimiyati organlari amaldagi qonunchilik normalariga va mazkur Nizomga muvofiq uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlarni qabul qiladilar.
1. UY-JOYLARNI XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATI BOSHQARUVIGA BERISH TARTIBI
1.1. Xususiy uy-joy mulkdorlarini birlashtiruvchi hamda ularning manfaatlarini ifodalash huquqini olgan shirkatlar tashkil etilganda shirkat xususiy uy-joy mulkdorlarining roziligi va ularning topshirigʻiga koʻra koʻp kvartirali uy (uylar)dagi binolarni boshqarishni oʻz zimmasiga oladi.
1.2. Uy (uylar)ni shirkat boshqaruviga berish shirkat boshqaruvi rahbariyatining arizasi olingandan keyin:
— shirkatning yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
— shirkat ustavining nusxasi;
1.3. Shirkat balans saqlovchi funksiyasini bajargan holda uyning texnik hujjatlarini yuritadi, uni balansda hisobga oladi. Bunda turar joy va turar joyga moʻljallanmagan maydonlar hisobi alohida yuritiladi.
1.4. Uy (uylar) shirkat boshqaruviga berilishi bilan bir vaqtda shahar (tuman) hokimining tegishli qarori bilan uy (uylar) va uy atrofidagi hududlar egallab turgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi rasmiylashtiriladi.
2. XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATINING UY-JOY FONDINI SAQLASH VA TUZATISH MASALALARIDA DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGI
2.2. Birgalikdagi mulk boʻlgan binodagi turar joylar mulkdorlarining munosabatlari bitim asosida quriladi.
2.4. Mulkdorlardan biri davlat hokimiyati organlari hisoblangan uylarda davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondi mulkdori bilan boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot yoxud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati oʻrtasida tuziladigan shartnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
2.5. Quyidagilar uy-joy fondini boshqarish yuzasidan shartnomaning majburiy shartlari hisoblanadi:
boshqarish amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uydagi binolar mulkdorlari umumiy mol-mulkining tarkibi hamda uyning manzili;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotning koʻp kvartirali uydagi binolar mulkdorlari umumiy mol-mulkini, unga yondosh yer uchastkasini obodonlashtirish elementlari bilan birga saqlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatlari;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq toʻlash tartibi va miqdori;
koʻp kvartirali uyning texnik hujjatlarini berish tartibi;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish tartibi”;
2.6. Xususiylashtirilgan koʻp kvartirali uylarda uy-joy mulkdorlari bilan shartnoma-kontraktlar boʻyicha uy-joylarga xizmat koʻrsatuvchi uy-joylardan foydalanish tashkilotlari ularni shirkatga texnik jihatdan soz holda topshirishi shart.
2.7. Shirkat aʼzolari boʻlmagan uy-joy mulkdorlari umumiy mulk boʻlgan mol-mulkni saqlash boʻyicha majburiyatlardan ozod etilmaydilar va uy boshqaruvchisi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha uyning umumiy maydonida ularning mulki boʻlgan binolar maydoniga mutanosib miqdorda xarajatlarni shirkatning yoki boshqa tashkilotning hisob-kitob hisobvaragʻiga toʻlaydilar.
2.8. Lift xoʻjaligidan foydalanish va uni tuzatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar shirkatlarning uylarini tegishli davrda amal qiluvchi narxlar va tariflar boʻyicha texnik xizmat koʻrsatishga qabul qilishni rad etishga haqli emaslar.
2.9. Resurslarni tejovchi tashkilotlar issiqlik, elektr energiyasi, suv, gazni aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha berishga majburdir.
2.10. Uy-joy mulkdorlari mazkur uy-joylardan uning vazifasiga muvofiq foydalanishlari shart.
2.11. Shirkat ustavida nazarda tutilgan barcha tugatish tadbirlari oʻtkazilgandan keyin va tugatishdan oldingi davr uchun uyni va uy atrofidagi hududni saqlash boʻyicha moliyaviy majburiyatlar qoplangandan soʻng shirkat tugatilgan taqdirda uy-joy mulkdorlari boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor), boshqaruvchi tashkilot yoki tegishli xizmat koʻrsatuvchi va tuzatish tashkilotlari bilan shartnoma tuzish huquqiga ega boʻladilar.
