Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2236-2-son)
24.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2236-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236, 2011-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 252-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyul,
01/19-10/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/14-son qaroriga ILOVA
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 748-modda)
