Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining yer uchastkalari ajratish amaliyotini oʻrganish komissiyalari tarkiblarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida (523-son)
19.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer uchastkalari ajratish amaliyotini oʻrganish komissiyalari tarkiblarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
523-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 523-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari ajratish va ulardan maqsadli foydalanilishi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 22-sentabrdagi 189-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 34-son, 335-modda) ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahrida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini oʻrganish komissiyasi TARKIBI
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish va ulardan maqsadli foydalanilishi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 4-son, 24-modda) ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent viloyatida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini oʻrganish komissiyasi TARKIBI
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
