2017-2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (517-son)
19.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017 — 2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda “Markaziy ippodrom” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga ishonchli boshqaruvga berilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Markaziy ippodrom” AJ boshqaruv organlarining:
“Markaziy ippodrom” AJ ustav kapitalini jamiyatdagi qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini yakunlash boʻyicha tayyorlanadigan loyiha-smeta hujjatlarida aniqlangan qiymatga (miqdorga) qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan oshirish;
“Markaziy ippodrom” AJning qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarini “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan sotib olish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilish-montaj ishlari hajmini aniqlash boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) bir oy muddatda “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilish-montaj ishlari hajmini aniqlab, loyiha-smeta hujjatlarini Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyasi talablariga muvofiq tayyorlash boʻyicha loyihalash tashkilotlariga kiritsin.
5. “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilishi boʻyicha quyidagilar:
“Markaziy ippodrom” AJ — buyurtmachi etib;
“SDS Proekt” MChJ— bosh loyihalash tashkiloti etib;
“Binokor maxsus ta`mir qurilish” MChJ — bosh pudratchi etib;
“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniya markazining qurilayotgan obyektlar direksiyasi” DUK — shartnoma asosida texnik nazoratni olib boruvchi etib belgilansin.
6. Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyasining ot sporti boʻyicha talablari shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda, “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qurilish ishlarini birinchi bosqichini joriy yilda yakunlash uchun istisno tariqasida “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qurilish-montaj va loyihalash ishlarini bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda “Markaziy Ippodrom” AJ obyektidagi qurilish ishlarini zamonaviy arxitektura talablari hamda Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyalari talablariga muvofiq amalga oshirilishini nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda ot sporti boʻyicha respublika terma jamoasini jahon arenalaridagi xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik koʻrishi uchun “Markaziy ippodrom” AJ va Ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi tarkibida Ot sporti boʻyicha respublika terma jamoasi aʼzolarini tayyorlash markazini tashkil etsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga belgilangan qabul kvotasi doirasida hamda Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji, Namangan Olimpiya zaxiralari kolleji hamda Toyloq Olimpiya zaxiralari kollejida umumiy kontingent doirasida ot sporti yoʻnalishi ochilishini taʼminlasinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markaziy ippodrom” AJning ot sporti boʻyicha asosiy bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-dekabrdagi 317-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
517-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 517-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari
DASTURI
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Moliyalashtirish manbai Amalga oshirish shakli Masʼullar I. Yilqichilik va ot sporti sohasida normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha 1. Respublikadagi ot zotlari boʻyicha talablar, zotlar oʻrtasida farqlanish, oʻxshashlik va ularning barqarorlik talablari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini ishlab chiqish va tasdiqlash 2018-yil IV chorak - Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi “Oʻzstandart” agentligi 2. Anʼanaviy ravishda uloq-koʻpkari va boshqa milliy hamda klassik ot oʻyinlarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash 2017-yil IV chorak - Idoraviy normativ-huquqiy hujjat Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi II. Nasldor ot zotlarini koʻpaytirish boʻyicha 3. Respublikadagi barcha toifada xoʻjaliklarda mavjud naslli otlarni roʻyxatga olish va ularni pasportlashtirish 2018-yil I yarim yillikda (har 5 yilda) Oʻz mablagʻlari hisobidan Kompleks chora-tadbirlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 4. Qorabayir zotli otlarning naslini yaxshilash, yangi liniya va oilalarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish Doimiy Loyiha uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Kompleks chora-tadbirlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti 5. Otlarni sunʼiy urugʻlantirish va embrionlar transplantatsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish 2018-yil II chorak - Kompleks chora-tadbirlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 6. Yilqichilik yoʻnalishidagi naslchilik xoʻjaliklaridagi seleksiya ishlari natijalarini baholash maqsadida nasldor va sport otlarini tanlash boʻyicha koʻrgazma hamda musobaqalar oʻtkazish 2017 — 2021 yillarda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Kompleks chora-tadbirlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 7. Xalqaro ot sporti federatsiyasi reglamenti boʻyicha respublika va xalqaro miqyosida ot sporti oʻyinlarida ishtirok etuvchi otlarni kasalliklarga qarshi emlash 2017 — 2021-yillarda Budjet mablagʻlari va ot egalari mablagʻlari Kompleks chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 8. Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qoʻyish boʻyicha zamonaviy diagnostika laboratoriyasini tashkil etish 2019-yil II chorak Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Kompleks chora-tadbirlar Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, “Markaziy ippodrom” AJ 9. Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qoʻyish va uni samarali usullar bilan davolash maqsadida zamonaviy veterinariya klinikasini tashkil etish 2018-yil II chorak Oʻz mablagʻlari va tijorat bank kreditlari Kompleks chora-tadbirlar Toshkent viloyati hokimligi “Asaka bank” ATB, “Diyora fayz gulshani” XK III. Ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha 10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi uchun xalqaro ot sporti musobaqasini oʻtkazish va uni Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) musobaqalari reyestriga kiritish 2018 — 2021-yillarda Davlat budjeti hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Vazirlar Mahkamasining qarori Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 11 Toshkent shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasining Bosh assambleyasi yigʻilishi oʻtkazilishini tashkil qilish 2019-yil Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Kompleks chora-tadbirlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 12. Sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha turlar tashkil etish uchun respublika hududidagi ot sporti klublari va otchoparlarda oʻtkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalari reja-jadvalini ishlab chiqish va sayyohlik sohasi subyektlariga taqdim qilish 2017 — 2021-yillarda - Reja-jadval Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 13. Respublikamizdagi barcha ot sporti klublarida ippoterapiya markazlarini tashkil etish 2017-yil IV chorak Oʻz mablagʻlari hisobidan Kompleks chora-tadbirlar Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 14. Ot sporti tarixi va unda erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirishga oid tadbirlar, klublar, maktablar, murabbiylar va yilqichilik mutaxassislari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish 2017 — 2021-yillarda - Kompleks chora-tadbirlar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi IV. Yilqichilik va ot sporti mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti boʻyicha ilgʻor tajribalarini joriy etish boʻyicha 15. Ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar respublika maktabini tashkil etish 2018-yil I chorak Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Idoraviy hujjat Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, “Markaziy ippodrom” AJ 16. Yilqichilik mutaxassislari va ot sporti murabbiylarini tayyorlash talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish 2018-yil I chorak - Idoraviy hujjat Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 17. Yilqichilikda naslchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish va otlar kasalliklarini diagnostika qilish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish va mutaxassislarni chet ellarga yuborish boʻyicha har yili reja-grafik ishlab chiqish. Har yili oktyabr-noyabr oylarida Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Reja grafik Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 18. Qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarida hamda veterinariya yoʻnalishidagi kollejlarda yilqichilik boʻyicha zootexnik va veterinar vrach mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha boʻlimlarini ochish 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab - Idoraviy hujjat Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 19. Respublika hududlarida ot sport klublarini bosqichma-bosqich �ashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur inventarlar (egar-jabduq, maxsus bosh kiyim va boshqalar) va jihozlar bilan taʼminlash 2017 — 2021-yillarda Mahalliy budjet mablagʻlari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Kompleks chora-tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi V. Yilqichilik va ot sportining moddiy-texnika va ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha 20. Qashqadaryo viloyatida “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ tomonidan Qorabayir zotli otlarni koʻpaytirishga ixtisoslashgan naslchilik ot zavodini ishga tushirish 2018-yil I chorak Oʻz mablagʻlari “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Shoʻrtangaz-kimyo majmuasi” MChJ 21. Toshkent viloyatidagi “Oʻzbegim otlari” MChJ ot zavodi bazasida Axaltaka zotli otlarning sof zotli liniyalariga mansub avlodlarini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish 2018-yil II chorak Oʻz mablagʻlari - Toshkent viloyati hokimligi 22. Toshkent viloyati Boʻstonlik tumani togʻ oldi hududlaridan “Oʻzbek sport otlari” MChJ sport otlarini koʻpaytirish boʻyicha majmua qurilishi va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan bino va inshootlarni qurilish uchun yer maydoni ajratish 2017-yil III chorak Oʻz mablagʻlari va tijorat bank kreditlari - Toshkent viloyati hokimligi, “Asaka bank” ATB, “Oʻzbek sport otlari” MChJ 23. Hududlardagi mavjud otchoparlar va ot sporti klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish 2018 — 2021-yillarda Mahalliy budjet mablagʻlari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Kompleks chora-tadbirlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbe�iston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 24. Yilqichilikda mustahkam ozuqa bazasini tashkil etish maqsadida suli, arpa va boshqa donli ekinlar ajratish va ozuqa ekin maydonlarini kengaytirish yuzasidan taklif tayyorlash Har yili 1-iyulgacha - Kompleks chora-tadbirlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 517-son qaroriga 2-ILOVA
“Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilish-montaj ishlari hajmini aniqlash boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
1. Mirzayev Z. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari 2. Zokirov B. — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari 3. Qurbanov R. — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi 4. Usmonov R. — Toshkent shahar xokimi 5. Gʻulomov R. — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 6. Mirsoatov A. — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi 7. Abduraxmonov M. — “Aloqabank” ATB raisi 8. Uzakov A. — “Markaziy ippodrom” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori 9. Shmelyov S. — Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha murabbiy 10. Nazarov Gʻ. — Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha Xalqaro toifadagi sport ustasi 11. Azizov A. — Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha murabbiy 12. Homidov T. — “Binokor maxsus ta`mir qurilish” MChJ direktori 13. Murtazoxoʻjayev S. — “SDS Proekt” MChJ direktori 14. Nizomov Sh. — “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazining qurilayotgan obyektlar direksiyasi” DUK rahbari 15. Bayazitov K. — Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport masalalari shuʼbasi mudiri 16. Anarboyev E. — Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisining oʻrinbosari, ishchi guruhi kotibi.
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
