Fransiyaning taraqqiyot agentligi ishtirokida “Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3139-son)
19.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish va joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish, Samarqand shahrining sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, atmosferaga zararli chiqindilarning tashlanishini qisqartirish, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Fransiya taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oʻrtasida 2016-yil 19-dekabrda Agentlikning qoplash muddati 20 yil, shu jumladan besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 23,5 mln yevro miqdoridagi imtiyozli kreditini jalb etish boʻyicha kredit shartnomasi hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun Investitsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 8 mln yevro miqdoridagi grant moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi kelishuv imzolanganligi;
Loyihani moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 5,6 mln yevro ekvivalentida, shu jumladan 3,2 mln yevro soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish koʻrinishida ekanligi;
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil (2017 — 2021-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Samarqand shahar hokimligi huzuridagi “Maroqand Obod” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Maroqand Obod” DUK) Loyihani amalga oshirish, kreditlar va grantlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
Agentlik kreditlarini qoplash, foizlar va vositachilik haqini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Maroqand Obod” DUKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasining TIA asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasi boʻyicha Fransiya taraqqiyot agentligi kreditini qoplash, foizlar va vositachilik haqini toʻlash prognoz grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Agentlikning kreditini qayta kreditlash boʻyicha shartnomani hamda “Maroqand Obod” DUK va Samarqand viloyat hokimligi bilan grantlarni topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Agentlik oʻrtasidagi kredit shartnomasi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Samarqand viloyat hokimligi va “Maroqand Obod” DUKga:
Loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish hamda Loyihaning texnik-iqtisodiy asosida koʻzda tutilgan parametrlarga rioya qilish;
“Maroqand Obod” DUK faoliyati samaradorligi ustidan, shu jumladan isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazish, avtomatlashtirilgan billing tizimini joriy etish orqali abonentlar va qoʻyiladigan hisoblarning lozim darajada hisob-kitob qilinishini taʼminlash, mablagʻlar yigʻilishi darajasini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy hisob-kitoblarni joriy etish orqali tizimli monitoring oʻtkazish;
qattiq maishiy chiqindilar koʻmilgandan boshlab 5 yil oʻtgandan soʻng biogazning istiqbolli resurslari shakllanishini hisobga olgan holda Agentlik bilan birgalikda eng yangi ilmiy-texnika yutuqlari va ilgʻor texnologiyalar asosida grant mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, biogazni yigʻish hamda undan foydalanish tizimini xarid qilish va yangi poligonda oʻrnatish masalasini koʻrib chiqish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
7. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi T.I. Joʻrayevga Fransiyaning taraqqiyot agentligi ishtirokida “Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasini belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Unga bir oy muddatda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va Agentlikning qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, bunda Loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan pudrat tashkilotlarini tanlashga alohida eʼtibor qaratish vazifasi topshirilsin.
“Maroqand Obod” DUK ishini tashkil etish tizimi va moliya-xoʻjalik holati tanqidiy oʻrganilsin, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda malakali, halol va masʼuliyatli kadrlar bilan taʼminlash choralari koʻrilsin. Ijrochi organ bilan birgalikda qatiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning oʻzaro bogʻliq mexanizmini yaratish orqali qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning aniq logistika tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish taʼminlansin.
Yangi poligonlar uchun maydonlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda yangi poligon-bioreaktorning konturlari aniq belgilansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxodjayevga Fransiya taraqqiyot agentligi va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun Investitsiya jamgʻarmasining Loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan tegishlicha kredit va grant mablagʻlari oʻz vaqtida va samarali oʻzlashtirilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov Loyihani amalga oshirishning yakuniy natijalari, chiqindilar bilan ishlash sohasida boshqaruvni takomillashtirish va Samarqand shahri aholisi uchun qulay ekologik muhitni taʼminlash masalalarini hal etish samaradorligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Maroqand Obod” DUK tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflarni kelishishda Agentlik kreditlariga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil va keyingi yillardagi investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritishni taʼminlasin.
12. Loyihani amalga oshirish doirasida kreditlar va grantlar hisobiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan, shuningdek, bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Samarqand viloyati hokimligi buyurtmanomalariga binoan ushbu Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand viloyati hokimligi buyurtmanomalariga binoan ushbu Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, davlat bojlari undirilmagan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi buyurtmanomalariga binoan ushbu Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan boʻlmagan) mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov, Samarqand viloyati hokimi v.b. T.I. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
PQ-3139-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyuldagi PQ-3139-son qaroriga 1-ILOVA
“Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasining TIA asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkichlarning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari Fransiya taraqqiyot agentligi mablagʻlari (kredit) YEIning Markaziy Osiyo uchun investitsiya jamgʻarmasi mablagʻlari (grant) 1. Loyihaning umumiy qiymati ming yevro ekvivalenti 37 167,60 5 637,50 23 530,10 8 000,00 2. Kapital qoʻyilmalar summasi,jami ming yevro ekvivalenti 33 979,70 2 449,60 23 530,10 8 000,00 shu jumladan: 2.1. mashinava uskunalar erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming yevro 10 579,40 - 7 824,20 2 755,20* milliy valyutada ming yevro ekvivalenti 630,00** 630,00 - - 2.2. qurilish-montaj ishlari ming yevro ekvivalenti 15 867,90 1 819,6*** 14 048,30 - 2.3. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming yevro ekvivalenti **** - - - 2.4. boshqa xarajatlar erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming yevro 6 902,40 - 1 657,60 5 244,80 3. Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish ming yevro ekvivalenti 3 187,90 3 187,90 - - 4. Mavjud asosiy fondlarning qiymati ming yevro ekvivalenti - - 5. Korxona quvvati bir yilda ming tonna qattiq maishiy chiqindini toʻplash va qayta ishlash 360 6. Band boʻlgan xodimlarning taxminiy soni odam 472 (qoʻshimcha 363) 7. Loyiha oʻzini qoplashining taxminiy muddati yil 17 8. Investitsiya davrining davomiyligi oy 36 9. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlari qiymati ming yevro ekvivalenti 29 044,50 10. Kreditni qoplash muddati yil 20 shu jumladan, imtiyozli davr yil 5
* Qattiq maishiy chiqindilar koʻmilgandan boshlab 5 yil oʻtgandan soʻng biogazning istiqbolli resurslari shakllanishini hisobga olgan holda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan birgalikda eng yangi ilmiy-texnika yutuqlari va ilgʻor texnologiyalar asosida biogazni yigʻish hamda undan foydalanish tizimini xarid qilish va yangi poligonda oʻrnatish masalasi koʻrib chiqilishi lozim.
** “Maroqand Obod” DUKning oʻz mablagʻlari hisobidan.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan.
**** Moliyaviy xarajatlarning summasi kreditlarning aniq sanasi, oʻzlashtirish hajmi va foiz stavkalarining oʻzgarishidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyuldagi PQ-3139-son qaroriga 2-ILOVA
“Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasi boʻyicha Fransiya taraqqiyot agentligi kreditini qoplash, foizlar va vositachilik haqini toʻlash
PROGNOZ GRAFIGI
Kredit summasi Qoplash muddati Imtiyozli davr Foiz stavkasi Xizmat uchun vositachilik haqi Baholash uchun vositachilik haqi 23,53 mln yevro 20 yil 5 yil 6 oy yevribor + marja* oʻzlashtirilmagan summadan 0,5 foiz kredit summasidan 0,50 foiz
Yevro Toʻlov sanasi Asosiy qarzni toʻlash summasi Foizlar va vositachilik haqini toʻlash summasi** Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa 2017-yil 20-iyul 186 606,70 186 606,70 2018-yil 20-yanvar 58 825,20 58 825,20 2018-yil 20-iyul 104 725,00 104 725,00 2019-yil 20-yanvar 131 009,50 131 009,50 2019-yil 20-iyul 144 137,90 144 137,90 2020-yil 20-iyul 176 881,60 176 881,60 2020-yil 20-iyul 137 651,00 137 651,00 2021-yil 20-yanvar 157 266,30 157 266,30 2021-yil 20-iyul 169 977,00 169 977,00 2022-yil 20-yanvar 784 336,30 137 651,00 921 987,30 2022-yil 20-iyul 784 336,30 133 062,70 917 399,00 2023-yil 20-yanvar 784 336,30 128 474,30 912 810,60 2023-yil 20-iyul 784 336,30 123 885,90 908 222,20 2024-yil 20-yanvar 784 336,30 119 297,60 903 633,90 2024-yil 20-iyul 784 336,30 114 709,20 899 045,50 2025-yil 20-yanvar 784 336,30 110 120,80 894 457,10 2025-yil 20-iyul 784 336,30 105 532,40 889 868,70 2026-yil 20-yanvar 784 336,30 100 944,10 885 280,40 2026-yil 20-iyul 784 336,30 96 355,70 880 692,00 2027-yil 20-yanvar 784 336,30 91 767,30 876 103,60 2027-yil 20-iyul 784 336,30 87 179,00 871 515,30 2028-yil 20-yanvar 784 336,30 82 590,60 866 926,90 2028-yil 20-iyul 784 336,30 78 002,20 862 338,50 2029-yil 20-yanvar 784 336,30 73 413,90 857 750,20 2029-yil 20-iyul 784 336,30 68 825,50 853 161,80 2030-yil 20-yanvar 784 336,30 64 237,10 848 573,40 2030-yil 20-iyul 784 336,30 59 648,80 843 985,10 2031-yil 20-yanvar 784 336,30 55 060,40 839 396,70 2031-yil 20-iyul 784 336,30 50 472,00 834 808,30 2032-yil 20-yanvar 784 336,30 45 883,70 830 220,00 2032-yil 20-iyul 784 336,30 41 295,30 825 631,60 2033-yil 20-yanvar 784 336,30 36 706,90 821 043,20 2033-yil 20-iyul 784 336,30 32 118,60 816 454,90 2034-yil 20-yanvar 784 336,30 27 530,20 811 866,50 2034-yil 20-iyul 784 336,30 22 941,80 807 278,10 2035-yil 20-yanvar 784 336,30 18 353,50 802 689,80 2035-yil 20-iyul 784 336,30 13 765,10 798 101,40 2036-yil 20-yanvar 784 336,30 9 176,70 793 513,00 2036-yil 20-iyul 784 336,30 4 588,50 788 924,80 JAMI 23 530 089 3 400 671,00 26 930 760,00
* Foiz stavkasi taxminan yillik 1,17 foiz miqdorida olingan.
** Toʻlovlar summasi kredit mablagʻlarining aniq sanasi, oʻzlashtirish hajmi va foiz stavkalarining oʻzgarishidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
