2018 — 2020-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
06.03.2017
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida
Shartnoma
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
strategik sheriklar hisoblangan holda, shu jumladan iqtisodiy sohada ham,
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida 1996-yil 16-yanvardagi Shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida 2004-yil 19-noyabrdagi Shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida 2007-yil 18-oktabrdagi Shartnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida 2012-yil 2-oktabrdagi Bitim, shuningdek Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalar qoidalariga amal qilgan holda,
ikki mamlakat xalqlari oʻrtasida tarixiy shakllangan doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch munosabatlariga asoslanib,
savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, ilmiy- texnikaviy, madaniy va gumanitar sohalarda keng koʻlamli oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash hamda ularni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish muhimligini eʼtirof etgan holda,
jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy talab va tendensiyalarni inobatga olgan holda, oʻzaro savdo hajmlarining barqaror oʻsishiga erishish, iqtisodiy hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilib,
ikki davlat hududida amaldagi milliy qonunchilikka rioya qilib hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalari va prinsiplarini hisobga olgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlarning iqtisodiy hamkorligi davlatlar suveren tengligi, teng huquqlilik, strategik sherikchilik va oʻzaro manfaatdorlik prinsiplariga asoslanadi hamda Tomonlarning milliy manfaatlarini inobatga olgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar toʻgʻridan toʻgʻri hamjihatlik orqali amalga oshiriladi.
2-modda
Mazkur Shartnoma quyidagi maqsadlarda ishlab chiqildi va qoʻllaniladi:
savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va ilgari surish;
milliy iqtisodiyotning yuqori suratlarda barqaror oʻsishiga erishish va ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish;
tovar aylanmasi hajmini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, Tomonlarning korxona va kompaniyalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sheriklik aloqalarini kengaytirishga koʻmaklashish va ularni ragʻbatlantirish;
oʻzaro manfaatdorlik asosida transport va yuklarni tranzit tashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash;
qishloq xoʻjaligi, turizm, madaniyat, fan va taʼlim sohalaridagi hamjihatlikni jadallashtirish.
3-modda
Mazkur Shartnoma maqsadlariga erishish uchun Tomonlar quyidagi vazifalarni hal etadilar:
iqtisodiy sohada oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirilishini taʼminlash;
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni oʻzaro manfaatli va teng huquqlilik asosida kengaytirish va rivojlantirish;
ikki tomonlama savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishga, shu jumladan oʻzaro qiziqish uygʻotadigan yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot va tovarlarni bir-birlariga yetkazib berishni kengaytirish hisobiga tovar aylanmasi nomenklaturasini diversifikatsiya qilishga, uning barqaror oʻsishini taʼminlash va muvozanatlashgan holatiga erishishga koʻmaklashish;
ikkala davlat korxona va kompaniyalarini, shu jumladan kichik biznes korxonalarini Tomonlar hududlarida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma-yarmarka tadbirlariga jalb qilishga va faol ishtirok etishlariga koʻmaklashish;
Tomonlarning korxona va kompaniyalari oʻrtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishga, shuningdek qoʻshma korxonalar tashkil etish va ularning faoliyatiga koʻmaklashish;
ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohada hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish;
iqtisodiy hamkorlikning normativ-huquqiy bazasini kengaytirish va takomillashtirish;
qishloq xoʻjaligi sohasida uzoq muddatli hamkorlik va tajriba almashishni rivojlantirish;
ikki davlatning ilgʻor turoperatorlari oʻrtasidagi uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishga, turizm sohasidagi hamkorlikka, oʻzaro turistlar oqimini, shu jumladan uchinchi mamlakatlardan keskin koʻpaytirishga koʻmaklashish;
transport-kommunikatsiya sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, yuk tashish hajmining yanada oshishini taʼminlash, mintaqaviy transport yoʻlaklari va infratuzilmalaridan samarali foydalanish uchun tashqi savdo yuklarini tashishga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda oʻzaro preferensial shart-sharoitlar taqdim etish.
4-modda
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi toʻgʻrisida 1996-yil 16-yanvardagi Bitim qoidalarini hayotga tatbiq etish maqsadidan kelib chiqib, ishlab chiqarish kooperatsiyasini, shu jumladan quyidagilar orqali yanada rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar:
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslar oʻrtasida ularning toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqarish aloqalari asosida kooperatsiyani amalga oshirish va rivojlantirish;
ikki davlat hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar va tender savdolarida Tomonlar korxonalarining ishtirok etishini ragʻbatlantirish.
5-modda
Tomonlar transport va transport kommunikatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish xar ikkala davlat uchun ham strategik xususiyatga ega ekanligini taʼkidladilar. Shu munosabat bilan Tomonlar:
avtomobil, temir yoʻl, daryo va havo qatnovi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiradilar, milliy tashuvchilar faoliyati, mavjud tranzit salohiyatidan hamda amaldagi infratuzilmadan samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratadilar;
amaldagi va istiqboldagi xalqaro hamda mintaqaviy transport yoʻlaklarining raqobatbardoshligini rivojlantirish va oshirish sohasida, shu jumladan yuklarni tashish uchun qulay tarif shartlarini shakllantirish orqali oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettiradilar;
tashqi bozorlarga chiqish uchun transport yoʻlaklari va magistrallarini diversifikatsiya qilish, shuningdek Tomonlar hududlaridan oʻtuvchi tashqi savdo yuklarini tashish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni davom ettiradilar;
“Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Oʻmon” xalqaro transport hamda tranzit yoʻlagini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimni hayotga yanada tatbiq etishga koʻmaklashadilar;
ikkala davlat transport idoralari, transport-ekspeditorlik assotsiatsiyalari va korxonalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatilishiga, ularning Tomonlar hududlarida oʻtkaziladigan xalqaro transport konferensiyalari, forumlari va boshqa tadbirlarida ishtirok etishlariga koʻmaklashadilar.
6-modda
Tomonlar quyidagilarga koʻmaklashadilar:
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik qilish masalalarida, shu jumladan Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari havzalarining suv va energetika resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha, shuningdek Orol dengizi havzasida ekologik inqirozni bartaraf etish va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqish;
Tomonlar hududlaridagi suv xoʻjaligi va elektroenergetika obyektlarida foydalanilayotgan avtotransport, mexanizmlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining obyektlarga kirish, chiqish va ular hududida boʻlib turishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlash;
taʼlim, ilmiy-tadqiqot ishlari, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish.
7-modda
Tomonlar mazkur Shartnomani amalga oshirish maqsadida ushbu Shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik Dasturini (bundan keyin — Dastur) qabul qiladilar va uning amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashadilar.
8-modda
Tomonlar Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman Qoʻshma komissiyasiga Dasturning bajarilishini muvofiqlashtirish va uning amalga oshirilishini nazorat qilishni topshiradilar.
9-modda
Mazkur Shartnomaning qoidalarini talqin qilish va qoʻllashga doir bahs va kelishmovchiliklar maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
10-modda
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Shartnomaga, ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan va uning 12-moddasiga muvofiq kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
11-modda
Mazkur Shartnoma Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
12-modda
Mazkur Shartnoma Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklarini tasdiqlovchi soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va 2020-yilning 31-dekabrigacha amal qiladi.
Tomonlarning har biri boshqa Tomonga ushbu Shartnomani tugatish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish yoʻli bilan uning amal qilishini tugatishi mumkin. Bu holda shunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach Shartnomaning amal qilishi tugatiladi.
Agar Tomonlar boshqacha kelishib olmasalar, mazkur Shartnoma amal qilishining tugatilishi uning doirasida boshlangan loyiha va dasturlarning amalga oshirilishiga ular toʻla yakunlanmaguniga qadar taʼsir qilmaydi.
Ashxobod shahrida 2017-yil 6-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Mazkur Shartnoma qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida Shartnomaga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik
Dasturi
T/r Tadbirlar Ijro etish muddatlari Bajaruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Turkmaniston tomonidan I. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari 1.1. Oliy darajadagi tashriflar doirasida savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni toʻla qonli amalga oshirish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 1.2. Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman Qoʻshma komissiyasi yigʻilishlarini oʻtkazish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 1.3. Ikki tomonlama savdo hajmini, shu jumladan oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida 2012-yil 2-oktabrdagi Bitimga muvofiq, oshirish va diversifikatsiya qilish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, tarmoq idoralari va kompaniyalari Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 1.4. Oʻzbekiston Respublikasidan Turkmanistonga keng nomenklaturadagi mahsulotlar, shu jumladan yengil va yuk avtomobillar, maxsus texnikalar, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlar, tekstil buyumlar kimyoviy va elektrotexnik mahsulotlar, maishiy texnika, qurilish materiallari, shisha idishlar va boshqa mahsulotlarni tizimli va uzoq muddatli yetkazib berishni tashkil etish masalasini koʻrib chiqish. 2018 — 2020 yillar “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzagroeksport” AJ, “Oʻzsanoateksiort” AJ, “Oʻztadbirkoreksport” AJ Sanoat vazirligi, Tekstil sanoati vazirligi, “Turkmankimyo” davlat konserni 1.5. Qishloq xoʻjaligi uchun zamonaviy texnologiyalar, texnika va uskunalar joriy etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2014-yil 24-oktabridagi Anglashuv Memorandumi doirasida Turkmanistonga keng turdagi zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari va osma uskunalarni yetkazib berish sohasiga oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish. 2018 — 2020 yillar “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzsanoateksport” AJ Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 1.6. Turkmaniston hududida “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatining Savdo-servis markazi faoliyatini yetkazib berilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari va uskunalarga kafolat muddatida va undan soʻng texnik xizmat koʻrsatish, ularga ehtiyot qismlarni yetkazib berish boʻyicha samarali tashkil etish. 2018 — 2020 yillar “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 1.7. Turkmanistondan Oʻzbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi korxonalar uchun ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlarni, shu jumladan nefti va neft mahsulotlari, gaz kondensati, kimyoviy mahsulotlar, propilen polimeriari, olefinlar, bishofit va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil etish. 2018 — 2020 yillar Tarmoq idoralari va kompaniyalari “Turkmengaz” davlat konserni, Turkmanboshi neftni qayta ishlash zavodi 1.8. Oʻzarolik asosida keng nomenklaturali zarur mahsulotni sotish boʻyicha savdo uylarini tashkil etish. 2018 — 2020 yillar Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzagroeksport” AJ Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Turkmaniston ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uyushmasi, tegishli vazirlik va idoralar 1.9. Ikki mamlakat tadbirkorlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari va ishbilarmon doiralari uchun oʻzaro viza olish protseduralarini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilish. 2018 — 2020 yillar Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Turkmaniston savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Turkmaniston davlat migratsiya xizmati, tegishli vazirlik va idoralar 1.10. Ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida, shu jumladan ikki davlat hududida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma, yarmarka va biznes-forumlarda ishtirok etishi uchun oʻzaro tashriflarini tashkil etish orqali toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish. 2018 — 2020 yillar Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar Turkmaniston savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar 1.11. Qoʻshma korxonalar, tomonlarning kompaniya va korxonalari vakolatxonalari va filiallarini tashkil etishga, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashish. 2018 — 2020 yillar Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar 1.12. Ikki davlat hududlarida oʻzaro milliy sanoat mahsulotlari koʻrgazmalarini oʻtkazish. 2018 — 2020 yillar Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar 1.13. Milliy neft va gaz kompaniyalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududlarida infratuzilmaviy obyektlarni qurish va xizmat koʻrsatishda ishtirok etish imkoniyatlarini koʻrib chiqish. 2018 — 2020 yillar “Oʻzbekneftegaz” MXK “Turkmengaz” davlat konserni, “Turkmenneft” davlat konserni, “Turkmengeologiya” davlat konserni, “T urkmenneftegazqurilish” davlat konserni II. Transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlik 2.1. Tomonlarning tranzit va transport salohiyatlaridan samarali foydalanish, Tomonlar hududlaridan yuklar tashishni taʼminlaydigan xalqaro transport yoʻlaklari va magistrallarini rivojlantirishiga koʻmaklashish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 2.2. Oʻzbek tomoni tashqi savdo yuklarini “Turkmenboshi” porti va Kaspiy dengizi orqali paromda oʻtkazish orqali tashishda xizmatlar vaqti va narxini kamaytirish masalalarini koʻrib chiqish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 2.3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida temir yoʻl transportida tranzit tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 2000-yil 21-sentabrda Ashxobod shahrida imzolangan Bitimga, ikki davlat hududi orqali eksport-import yuklarini tranzit tashishda qoʻshimcha hududlar kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasini koʻrib chiqish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi 2.4. “Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Oʻmon” xalqaro transport hamda tranzit yoʻlagina tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalarini hayotga tatbiq etishni taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, tegishli vazirlik va idoralar Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 2.5. Mintaqa davlatlarining tranzit salohiyatini oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston, Turkmaniston va Eron delegatsiyalarining uch tomonlama uchrashuvini oʻtkazish. 2018-yil Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi 2.6. Ikki mamlakat tranzit salohiyatini yuksaltirish, Transkavkaz transport yoʻlagi orqali tranzit yuk tashish hajmlarini bir necha marotaba koʻpaytirishga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yangi “Turkmanobod-Farob” avtomobil va temir yoʻl koʻpriklari imkoniyatlaridan foydalanish. 2018 — 2020 yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 2.7. “Oʻzbekiston Eyrveyz Tekniks” aviakorxonasi bazasida Turkmaniston aviakompaniyasi “Boing” samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash masalasini ishlab chiqish. 2018 — 2020 yillar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, tegishli vazirlik va idoralar “Turkmenxovayollari” davlat milliy xizmat, tegishli vazirlik va idoralar 2.8. Ikkala mamlakat Iqtisodiyotining yuklarni tashish, shu jumladan yuklarni avtomobilda xalqaro tushuvga ruxsat beruvchi blanklar bilan almashish masalasidagi ehtiyojini qondirish maqsadida yuklarni avtomobili xalqaro tashishni tashkil etish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish. 2018 — 2020 yillar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Turkmaniston avtomobil transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar III. Atrof-muhitni himoya qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishda hamkorlik 3.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 10-martdagi Bitimni amalga oshirish. Mazkur Bitimni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi masalalarni koʻrib chiqish va hal etish. 2018 — 2020 yillar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 3.2. Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xoʻjaligi va elektroenergetika obyektlaridan foydalanayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransport i va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda tuzish shartlarini tartibga soluvchi oʻzaro kelishilgan yondashuviga amal qilish. Chegarani kesib oʻtishda ham ekspluatatsiya xodimlari, ham avtotransport va mexanizmlar uchun boj toʻlovlarini bekor qilish masalasini koʻrib chiqish. 2018 — 2020 yillar 2018-yil Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 3.3. Turkmaniston hududida toʻlov asosida foydalanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi obyektlarining hududini aniqlashtirish boʻyicha qoʻshma ishlar olib borish va ulardan foydalanish masalalarini muhokama qilish. 2018 — 2020 yillar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar IV. Taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik 4.1 Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish. Turkman talabalarini Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Vestminster universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Oʻzbekistonning boshqa oliy oʻquv yurtlariga neft va gaz sohasi, menejment, muhandislik mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga jalb qilish. 2018 — 2020 yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Turkmaniston taʼlim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 4.2. Professor-oʻqituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, katta ilmiy xodim-tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va boshqalar ishtirokida akademik almashish. 2018 — 2020 yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar Turkmaniston taʼlim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 4.3. Sogʻliqni saqlashning turli yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlik. 2018 — 2020 yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 4.4. Fan va taʼlim sohalaridagi dolzarb mavzularga, ikki davlat tarixi, madaniyati va sanʼatining muhim ahamiyatga ega boʻlgan sanalariga bagʻishlangan qoʻshma ilmiy-amaliy konferensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarida qatnashish. 2018 — 2020 yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Turkmaniston fanlar akademiyasi 4.5. Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonda chop etiladigan ilmiy toʻplamlarga ilmiy maqolalar va qoʻshma tadqiqotlarning natijalarini chop etish. 2018 — 2020 yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Turkmaniston fanlar akademiyasi 4.6. Quyidagilarni tashkil etish sohasida hamkorlik: aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish; maxsus tibbiy yordam. 2018 — 2020 yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi 4.7. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida hamkorlik va tajriba almashish. 2018 — 2020 yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi 4.8. Tibbiyotning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha amaliyotlarni tashkil qilish, qoʻshma konferensiya va seminarlar oʻtkazish. 2018 — 2020 yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi V. Turizm sohasida hamkorlik 5.1. Hamkorlikni davom ettirish, oʻzaro, shuningdek uchinchi mamlakatlardan turistlar oqimini keskin koʻpaytirish, ikki mamlakat ilgʻor turoperatorlari oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma sayyohlik marshrutlarini tashkil qilish va boshqalar. 2018 — 2020 yillar Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Turkmaniston davlat turizm qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar 5.2. Ikki mamlakat hududlarida turizm sohasida oʻtkaziladigan yirik xalqaro koʻrgazma ta yarmarkalarda turistik kompaniyalarning oʻzaro ishtirok etishi. 2018 — 2020 yillar Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Turkmaniston davlat turizm qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar VI. Mintaqaviy hamkorlik 6.1. Ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, shuningdek turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklishish; 2018 — 2020 yillar Tashqi ishlar vazirligi, viloyatlar hokimliklari Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar
