Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (495-son)
13.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini takomillashtirish hamda budjet mablagʻlarini tejash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 26-27-son, 295-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-iyul,
495-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 495-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning birinchi xatboshidagi “127” raqami “133” raqami bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada:
a) “Xoʻjalik taʼminoti boʻlimi” blokidagi “31” raqami “37” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “127” raqami “133” raqami bilan almashtirilsin.
