Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (375-son)
31.10.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2002-yilning 1-sentabridan boshlab oʻqituvchilar va oʻquv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar roʻyxatida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda):
6-bandning ikkinchi ustunidagi “14” raqami “18” raqamiga almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi ustunidagi “16” raqami “20” raqamiga almashtirilsin;
8-bandning ikkinchi ustunidagi “640” raqami “800” raqamiga almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi ustunidagi “720” raqami “800” raqamiga almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-oktabr,
375-son
