Xorazm viloyatining Xiva shahri va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3124-son)
11.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralari oʻzgarishi hamda Xiva va Shahrisabz shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Xorazm viloyati boʻysunuvidagi Xiva shahar hokimligi va Qashqadaryo viloyati boʻysunuvidagi Shahrisabz shahar hokimligini tashkil etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 16-maydagi “Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralarini oʻzgartirish hamda Xiva shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Shahrisabz shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 27-maydagi “Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralarini oʻzgartirish hamda Xiva shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorazm viloyati hokimligi boʻysunuvidagi Xiva shahar hokimligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi boʻysunuvidagi Shahrisabz shahar hokimligi tashkil etilsin.
3. Xorazm viloyatida Xiva shahar hokimligini va Qashqadaryo viloyatida Shahrisabz shahar hokimligini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov):
ikki oy muddatda Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralarini oʻzgartirish hamda Xiva shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq zarur tashkiliy texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Xiva va Shahrisabz shaharlari budjetlarining va ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Xiva va Shahrisabz shaharlarini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Xiva va Shahrisabz shaharlarining viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini koʻp yillik tajribaga ega malakali kadrlar bilan toʻldirish hamda Xiva va Shahrisabz tumanlaridagi mavjud shtatlarning qisqarishi natijasida boʻshab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
bir oy muddatda zaruriyatga qarab davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning viloyat boʻyicha boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida Xiva va Shahrisabz shaharlari tuzilmalarini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
bir oy muddatda Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Xiva va Shahrisabz shahar va tuman hokimliklarini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda tashkil etilayotgan Xiva va Shahrisabz shaharlarining maʼmuriy hududlarini inobatga olsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumani chegaralarining oʻzgartirilishi hamda Xiva va Shahrisabz shaharlarining viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan belgilangan tartibda yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan viloyat boʻysunuvidagi Xiva va Shahrisabz shaharlarida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Xiva va Shahrisabz shaharlarida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralarini, “Yagona darcha” markazlarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqib, tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-iyul,
PQ-3124-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3124-son qaroriga 1-ILOVA
Xorazm viloyatida Xiva shahar va Qashqadaryo viloyatida Shahrisabz shahar hokimligini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
1. Ramatov A.J. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, Respublika komissiyasi rahbari 2. Xodjayev B.A. — moliya vaziri, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari 3. Bobojonov P.R. — Xorazm viloyati hokimi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari 4. Ruziyev Z.Sh. — Qashqadaryo viloyati hokimi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari 5. Jumaniyazov M.B. — Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri 6. Inoyatov U.I. — Xalq taʼlimi vaziri 7. Muratov M.M. — Madaniyat vaziri 8. Saliyev M.X. — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri 9. Bekenov S.X. — Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari 10. Usmonov A.A — Adliya vazirining oʻrinbosari 11. Xamrayev Sh.R. — Suv xoʻjaligi vaziri 12. Yusupaliyev B.K. — Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari 13. Nizamov B.M. — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari 14. Toʻlaganov Sh.A. — Tashqi savdo vaziri oʻrinbosari 15. Sharapov A.Q. — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi 16. Zakirov B.I. — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi 17. Gulyamov R.A. — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi 18. Kurbanov R.J. — Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi 19. Abdullayev A.X — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi 20. Abduvaliyev A.A — Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi 21. Mirusmanov B.M. — Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 22. Shakirov X.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari 23. Xodjayev S.S. — Markaziy bank raisining oʻrinbosari 24. Raimov P.O. — “Oʻzbekenergo” AJ raisi oʻrinbosari 25. Bashmanov M.A. — “Oʻztransgaz” AJ raisi oʻrinbosari 26. Rafikov K.M. — Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi 27. Jalilov Sh.I. — Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash nuroniy jamgʻarmasining boshqaruvi raisi 28. Javlanov S.Sh. — Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi 29. Nosirov O.U. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimi 30. Xayitbayev I.J. — Vazirlar Mahkamasi ATDning Xorazm viloyati boʻyicha yetakchi mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi 31. Lavozim boʻyicha — Vazirlar Mahkamasi ATDning Qashqadaryo viloyati boʻyicha bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi.
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning oʻrniga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
